So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

"Siz ham terma jamoa azosi ekanligingizni his qiling". Yosh jahon chempionlariga sovg'alar topshirildi Yangiliklar

"Siz ham terma jamoa azosi ekanligingizni his qiling". Yosh jahon chempionlariga sovg'alar topshirildi

Teglar :  Mehribonlik uyi
SHu yilning 10-16 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida jahon chempionati o'tkazilgan va unda o'zbekistonlik yosh futbolchilar g'oliblikni qo'lga kiritgandilar.

SHundan so'ng jahon chempionati qahramonlari uchun turli tadbirlar tashkil etildi, sovg'alar taqdim etildi. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Milliy olimpiya qo'mitasida bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov jahon chempionatida g'olib bo'lgan futbolchilarimiz bilan uchrashdi.



MOQ rahbari yosh futbolchilarni tabriklar ekan, bundan keyin ham ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini malum qildi.

"O'zbekistonda turli toifalardagi terma jamoalar bor. Siz ham ana shu terma jamoalardan biri hisoblanasiz. Bundan keyin ham sizlarni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz. Kerak bo'lsa, xorijiy yig'inlar tashkil qilib beramiz. Yig'in doirasida o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etasizlar.

Sizlarga sovg'a sifatida milliy terma jamoamiz foydalanadigan ekipirovkalarni taqdim etamiz. Bundan maqsad siz ham terma jamoa azosi ekanligingizni his qiling. Ajab emaski, kelajakda orangizdan O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari uchun munosib futbolchilar etishib chiqsa. SHuni unutmangki, ortingizda muhtaram Prezidentimiz turibdilar", - dedi Umid Ahmadjonov.



SHundan so'ng yosh futbolchilar va ularning murabbiyiga terma jamoalarimiz uchun tayyorlangan "Adidas" ekipirovkalari topshirildi.

O'z navbatida murabbiy Jamshid Asadov ko'rsatilayotgan etibor va g'amxo'rlikdan minnatdor ekanligini, g'alabali yurishni bundan keyin ham davom ettirishlarini aytib o'tdi.

Tadbir so'nggida Umid Ahmadjonov yosh jahon chempionlari bilan esdalik uchun suratga tushdi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика