So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

"Siti" yanada kuchliroq jamoaga aylandi: Gvardiola - poygada etakchi. "Liverpul"ning muammosi transferlarda emas Yangiliklar

"Siti" yanada kuchliroq jamoaga aylandi: Gvardiola - poygada etakchi. "Liverpul"ning muammosi transferlarda emas

APLning chempionlik uchun kurashadigan ikki jamoasi haqida.

"Siti" - etakchi

Superkubok uchun bahsdan oldin Yurgen Kloppdan nega bukmekerlar "Manchester Siti"ni poyga etakchisi sifatida ko'rishayotganini so'rashdi: "Balki ular ketma-ket ikki marta APL g'olibi bo'lgani uchundir? Bu juda muhim sabab. Biz bu darajada bor-yo'g'i bitta mavsum o'ynadik. Endi chempionlik poygasiga munosib ekanligimizni isbotlashimiz lozim. O'tgan mavsum to'plangan 97 ochko tasodif emas, biroq har bir o'yinda ustunlik qildik, raqibni yanchib tashladik deya olmayman. Teng kechgan ko'plab uchrashuvlarda muvaffaqiyatga erishdik. O'tgan yili "Liverpul" natija bo'yicha haqiqiy mashinaga aylandi" - deya tushuntirish berdi Klopp.


Yurgen etiborni natijadan ko'ra ko'proq o'yin sifatiga qaratishini ko'p marta takrorlagan. Murabbiy bu so'zlarga qo'shimcha ravishda teng uchrashuvlarda g'alaba qozonib, ko'p bora omadi kelganini ham aytdi. "Natija mashinasi" juda chiroyli eshitiladi, ammo Klopp qo'lga kiritilgan g'alaba o'yinga munosib bo'lsagina uni qadrlaydi. Yurgen falsafasida bu mag'lubiyat va zafarlarga ham tegishli.


"Sport fanini o'rgandim, shu sababli nima bo'lganini tushunmay g'alaba qozongandan, qanday qilib mag'lubiyatga uchraganimizni bilganim yaxshiroq. Tushunarsiz g'alabaga qisqa vaqt xursand bo'lasiz, ammo uzoq muddatli narsalar muhimroq" - degandi Klopp 2016 yilda.

Hozirgi "Liverpul" Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi jamoalardan biri, pressing uchun to'g'ri vaqt tanlaydi va juda chiroyli o'yin ko'rsatadi - barcha maqtovlar asosli. Ammo bir mavsumda qo'lga kiritilgan 97 ochko hayratlanarli omad tufayli sodir bo'ldi. Bahs oxiridagi tushunarsiz gollar, Alissonning superformasi, supertrioda jiddiy jarohatlar yo'qligi va xatto hakamning "qizillar" foydasiga xato qilishi - "Liverpul"ga katta yordam berdi.


"Siti"ning 98 ochkosida ham omadning xissasi bor. Biroq "Manchester Siti"ning o'yin sifatida ishonib bo'lmas darajaga juda yaqin. Pep Gvardiola jamoasi tashqi omillarga qarab qolmagan va barqaror o'yin ko'rsatgan jamoa edi. Klopp aytganidek, "shaharliklar" ikki yildan beri bitta darajada. 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi olgan jarohat ham "Siti"ga halal bermadi.


Kevin de Bryuynening fikricha, joriy yil ikkala jamoa ham o'tgan mavsumdagi natijani takrorlay olmaydi: "Bu mavsum o'tgan ikki yildagi natijamizni yaxshilashimiz shart emas - chempionlik uchun 85 ochko ham etsa kerak. Maqsad ochko bo'yicha natijani oshirish emas, har o'yin barqaror o'yin ko'rsatish. Hamma natijani ham yangilab bo'lmaydi".


Uning gaplari to'g'i. "Liverpul" va "Siti" o'tgan mavsumdagi o'yin sifatini oshirishlari mumkin, biroq sehrli ochkolarni takrorlab bo'lmaydi.


"Liverpul" o'zaro o'yinlarda hali ham ustun

"Siti" ketma-ket ikki yil chempionga aylandi va bu maqtovga arzigulik natija. O'zaro bahslarda hali ham Klopp ustun. Yurgen Klopp Gvardiola bilan bahslarda g'alaba foizi ko'p bo'lgan yagona murabbiy.

"Liverpul" va "Siti" raqibga moslashmay, o'z o'yinini namoyish etganda "Liverpul" yaxshiroq harakat qilishini 2017/18 mavsum isbotlab berdi. To'pga egalik qilish 65% "Siti" foydasiga, biroq Gvardiola jamoasi to'pni boshqa raqiblarga qarshi bahsdek yaxshi harakatlantirmaydi. "Siti" markazdan o'tishga uringanda "Liverpul" bu hududni yaxshi nazorat qila oladi. "Qizillar" to'pni o'tkazishmay, olib qo'yishadi va qarshi hujum boshlashadi.


Gvardiola Kloppga qarshi ijobiy natijaga erishish uchun barcha usullarni ishga solishini 2018/19 mavsumda ko'rdik. Pepe o'z uslubida uzoqlashishga majbur bo'ladigan yagona klub - "Liverpul". Natijalar yaxshilandi, biroq hammasi taktika emas omad tufayli.


Gvardiola vaziyatlar bo'yicha "Liverpul"ni mag'lub etishni yoki o'z futbolini namoyish etib qanday yutqazmaslikni bilmaydi.


O'tgan yildagi o'yinlarda qo'llanilgan asosiy uslub - "Siti" o'z maydonida ko'pchilik bo'lib harakatlanish, chunki sondagi ustunlik bilan to'pni yo'qotish xavfi kamroq. Gvadioladan himoyaviy uslub. Suratga etibor bering - uch himoyachi (markaziylar va Uoker), ikki tayanch yarim himoyachisi plyus Marez va Mendi.


Bunday surat paydo bo'lgan o'yinlarda xavf, vaziyat va zarbalar kam bo'ladi. Vaziyat qancha kam bo'lsa, omadning roli katta bo'ladi. O'tgan mavsum bu omad "Siti" tomonda bo'ldi, ammo Gvardiola rebusni hali ham echa olgani yo'q.


Superkubokda Pepning boshqa rejasi bor edi. Klaudio Bravo Leroy Sane va Raxim Sterling zonasiga uzun paslar berdi. Uzun paslar Gvardiola uchun odatiy uslub emas, ammo Kloppning maydon markazidagi pressingi ideal bo'lgani uchun u erdan oddiy uslubda o'tib bo'lmaydi.


So'nggi barcha uchrashuvlarda "Siti" o'z qoidalaridan chetga chiqdi, biroq raqibni vaziyatlar bo'yicha mag'lub etmadi. Natijalarga etibor bering:

"Manchester Siti" etakchilarga qarshi bahslarda
"Liverpul"ga qarshi*
Top-6dagi boshqa jamoalarga qarshi
50%To'pga egalik qilish59%
7,7Zarbalar14,8
10,3O'tkazib yuborilgan zarbalar8,1
26%Raqib maydonida harakatlar32,3%
* - o'tgan mavsum plyus Superkubok


Gvardiola APLning ko'plab top-klublariga qarshi o'z o'yinini namoyish etadi. O'z uslubiga sadoqat (hudud bo'yicha ustunlik va to'pga egalik qilish) yaxshi natija beradi. "Liverpul" bilan esa buning iloji yo'q. Bu raqibga qarshi "Siti"ning natijalari o'rtamiyona jamoalarnikidek.

Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, so'nggi uch uchrashuvdagi 2ta durang va 1ta g'alaba formula o'z natijasini bermayotganini isbotlaydi. "Liverpul" o'zaro bahslarda o'yin bo'yicha raqibga imkoniyatni boy bermagan.

O'zaro o'yinlarda Kloppda imkoniyat ko'p, biror tunrirning pley-off bosqichida kerakli natijani qo'lga kiritishi mumkin. Ammo bu uzoq davom etadigan musobaqalarda g'alabani kafolatlamaydi.



Rodri "Siti"ni yanada kuchli jamoaga aylantirdi

"Siti"ning o'tgan mavsumdagi asosiy pasayishi qishki o'yinlarda kuzatildi. O'shanda Fernandino jarohat bilan o'ynagan yoki davolanish jarayoni tufayli maydonga tusha olmagan. Tayanch zonasida braziliyalikka o'rinbosar yo'q edi. Gvardiola asta-sekinlik bilan "Siti" yanada kamroq himoyalanadigan, ko'proq pressingga qarshi chiqa oladigan va tayanchda Ilkay Gyundogan bilan ustunlik qiladigan uslub topdi.


Himoyaviy harakatlarda Gyundogan etarlicha kuchli emas. Fernandino Gvardiola tizimiga mos tushdi va xatto 30 yoshdan keyin ham o'sishda davom etdi, ammo uning o'zi poziciyani to'liq yopa oladigan holatda emas. Birinchidan, braziliyalik 34 yoshda. Ikkinchidan, Ferna o'zining eng yaxshi formasida bo'lsa ham top-matchlarda ko'p adashadi.


To'pni o'yinga kirituvchi tayanch poziciyasi - Gvardiola tizimidagi asosiy rol bo'lsa kerak. To'g'ri transfer jamoani yanada kuchliroq qilishi mumkin. Rodri bu joyga mos futbolchi - yosh, himoyada Gyundogandan tuzukroq harakat qiladi, to'p bilan Fernandinodan yaxshi muomalada bo'ladi. Bundan tashqari, ispaniyalik jamoaga ko'nikish bo'yicha grafikdan ilgarilab ketdi.

"U uslubimizga juda mos. Rodri biz o'ynamoqchi bo'lgan futbol uchun ideal tayanch yarim himoyachisi. Bu rolni himoya va hujumda bajara oladigan futbolchilar dunyoda juda kam. Ispaniyalik mashg'ulot va mavsumoldi yig'inlarda o'zini ko'rsata oldi. U jamoada yangi, biroq tezda yuqori darajada o'ynamoqda" - degandi Kevin de Bryuyne.


"Bizning tayanch yarim himoyachimiz o'yinni tushunishda juda kuchli bo'lishi kerak edi. Bu hayot-mamot masalasi. Aynan u butun tizimni ishlashga majbur qiladi, oldindagilarni ozoda qiladi, hammasini oldinda ko'ra biladi va tempni belgilab turadi" - deydi Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta.



Xavining fikricha, Rodri bu rol uchun ideal futbolchi: "Rodri - ajoyib futbolchi. Ammo uning jamoasi "Barselona" uslubida o'ynaganda, u yaxshiroq harakat qilgan bo'lardi. Rodrida hamma narsa bor. U to'pni olib qo'yishga, pressing uyushtirishga, bo'sh joyni yopishga qodir. Bu yigit shubhasiz "Barselona"ga mos, u Busketsni eslatadi".


Boshqa yirik transfer bor - "Yuventus"dan xarid qilingan Joau Kanselu. Bu transfer Rodriniki kabi muhim emas, biroq jamoa o'yiniga rangbaranglik qo'shadi.

Kayl Uoker o'tgan mavsum hujumga ulanishda cheklovlarga duch keldi va pozicion hujumlarda qo'shimcha markaziy himoyachi vazifasini bajardi. Kayl jismoniy jihatdan biroz sustlashdi va bazi manbalarga ko'ra, Gvardiolaning barcha talablarini bajara olmayapti. SHu sababli uning roli o'zgardi. Angliyalik yaxshi o'ynadi, biroq butun qanotni yopa olmadi, bu esa jamoaning taktik rejasiga putur etkazdi.


Kanseluda vinger bo'lib o'ynash tajribasi bor - u butun qanotni yopishga qodir. Endi raqobat kuchayadi. CHapda pas beruvchi (Zinchenko) va butun qanot bo'ylab hujumlar ushyutiradigan (Mendi, Anxelino) futbolchilar bor. O'ng qanotda ham shunday (pas beruvchi Uoker, hujum qiluvchi Kanselu). Bu raqibga moslashish uchun variantlarni ko'paytiradi va rotaciyaga imkon beradi.



Transferlar yo'qligi uchun "Liverpul"ni ayblamang


Tasvirlab berilgan vaziyatni hisobga olsak, "Liverpul"ning bozordagi harakatsizligi mantiqqa to'g'ri keladi. "Siti" chempion bo'lgan taqdirda ham "Liverpul"ning transferlar amalga oshirmagani asosiy sabab sifatida ko'rsatilmasligi kerak.

Klub nega futbolchi sotib olmayotganining bir nechta sababi bor.

1. Klopp klubdagi ajoyib atmosferani buzmoqchi emas. Murabbiy hozirgi jamoani o'zi ishlagan eng yaxshi tarkib deb atadi. Yoz boshida ESPN nashri "Liverpul" transfer bozorida minimal xarajatlarga qo'l urishini, faqat ketganlar o'rniga futbolchi sotib olinishini yozgan edi. SHunday ham bo'ldi.

2. Klopp jamoa ichida kuchayish ro'y berganini ko'rdi. Jo Gomes, Adam Lallana va Aleks Oksleyd-CHemberlen o'tgan mavsumda deyarli maydonga tushishmadi. "Ular bizning transferlarimiz. Ha, muxlislar bunday gaplarni yoqtirishmaydi, biroq bu haqiqat" - dedi murabbiy.

"O'tgan yili ularning muammosi ko'p edi. Agar bu yigitlar jarohat olishmasa, biz yana bir tarkibga ega bo'lamiz. Ular haqiqatdan ham bizni kuchaytirishadi" - deb hisoblaydi Klopp. Nabi Keyta ham shundaylar safida. U Angliyadagi birinchi yilida bor imkoniyatining xatto 50%ni ham ko'rsatmadi va bu Kloppnikidek og'ir tizimli jamoa vakili uchun normal holat. Endi Robertson, Fabino va boshqalar ham shunday ko'nikishdan o'tishdi. Nabi jarohat olgani uchun ko'nikish cho'zilib ketdi.


Yana bir ichki kuchayish - yosh Rayan Bryuster. U juda iqtidorli va Roberto Firmino o'rinbosari bo'lishga qodir.

3. Bozorda "Liverpul"ga mos sifatli futbolchilar yo'q. Klopp yordamchisi Peter Kravitc klubning transfer siyosati haqida batafsil gapirib berdi.

"Transferlar - kompyuter o'yini emas. O'zingiz futbolchi yaratishingiz yoki transfer uchun virtual valyuta orqali to'lov amalga oshira olmaysiz. Hammasi hisobga olinadi. Bozorda kim bor va ularning narxi qancha? Keyin bu o'yinchilarni tarkibda borlar bilan solishtiriladi. Agar 40 mln. evro turadigan futbolchi jamoamizni sezilarli darajada kuchaytira olmasa, Yurgen uni hech qachon sotib olmaydi.

U pulni shunchaki sarflamaydi. O'z vaqtida van Deyk yoki hech kim deyilgan. Darvozabon bilan ham shunday".

Demak, "Liverpul"ning transferlar uchun 4ta qoidasi bor ekan:

- Asosiq maqsadlarni kutish va zaxira variantlar uchun pul sarflamaslik. Van Deyk va Keyta ajoyib misol.

- Jamoani haqiqatdan ham kuchaytira oladiganlarni xarid qilish.

- Jamoa zaxirasini transferlarsiz, yoshlar va tarkibda bor o'yinchilar bilan kuchaytirish mumkin.

- Atmosferani saqlash, xariddan oldin futbolchilarning kayfiyatini o'rganish.


Har bir qoida mantiqli. "Liverpul" bu yo'l bilan Evropaning eng kuchli jamoasiga aylandi. Yozda hech narsa o'zgargani yo'q - klub o'z qoidalariga sodiq qolmoqda.



Aslida "Liverpul"da kuchaytirish kerak bo'lgan poziciyalar ko'p emas. Faqat yarim himoya markaziga sifatli futbolchi. Klubda bu poziciya uchun topga yaqin bo'lgan futbolchilar etarlicha, biroq pressinglar uchun ko'p mehnat qiladigan, ammo ko'plab vaziyatlar yaratishga yordam beradigan top o'yinchi halal bermasdi. Bu joyga De Bryuyne yoki dunyodagi 3-4 futbolchi mos keladi. Ularning birortasi yozda klubini almashtirmoqchimidi? Yo'q.


"Liverpul"ni tezda chempionlik poygasi etakchisiga aylantiradigan transfer yo'q. "Liverpul" favorit emas, chunki Klopp Pepdan farqli ravishda jamoani pastroqdan va kam resurs bilan qayta qurishni boshladi. SHu sababli "qizillar" "Siti"dan bir yil orqada qolishmoqda.


Agar "Liverpul" o'tgan mavsum o'yin sifati bo'yicha (yoki omad tufayli) "Siti"ga yutqazgan bo'lsa, minimal o'sish uchun pul sarflashi xatoga aylanmasdi.

Ammo hozircha jamoalar o'rtasidagi farq katta. Bunday farqlarni ikki uslub bilan qisqartirish mumkin: Kravitc tasvirlagan unikal transferlar va murabbiyning yuqori darajadagi mehnati. 

Klopp buni tushunib turibdi va u yuqori darajada ishlashga qodir. "Siti" ham bir joyda turmaydi va o'rtadagi farq qisqarishiga kafolat yo'q, ammo Yurgen o'z ishining ustasi.

Asosiysi - nemis mutaxassisi bitta to'g'ri yo'l borligini tushunib turibdi: "Hozir jamoaga yangilarni taklif qilmay, avvalgidan kuchliroq bo'lish uchun bor tajribadan foydalanish muhim. Hammasi oddiy, biroq rejamiz ham shunday. Rivojlanish faqat futbolchilarga emas, balki murabbiylarga ham tegishli. O'sishimiz kerak".


Haqiqiy top futbolchini xarid qilish va mashg'ulotlar orqali rivojlanishga erishish sehrli "Siti"ni to'xtatishning yagona yo'li. "Liverpul" shunchaki xarajatlar bilan poyga etakchisiga aylanmaydi. O'z qoidalariga sodiq qolgan Klopp bu yil bo'lmasa ham albatta chempion bo'ladi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика