So’nggi yangiliklar

12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  0 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  4 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  1 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0

"Siti" sobiq futbolchisi Varan haqida: "U van Deyk yoki Diashdek bo'lishiga ishonchim komil emas" Yangiliklar

"Siti" sobiq futbolchisi Varan haqida: "U van Deyk yoki Diashdek bo'lishiga ishonchim komil emas"

O'z vaqtida "Manchester Siti"da to'p tepgan Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Denni Millz Rafael Varanning "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Ispaniyada CHempionlar ligasini hisobga olmaganda mavsumda faqatgina 6ta qiyin o'yin o'tkazasiz. APLda esa bu ishni har hafta qilish kerak.

Boshqa chempionatlardan APLga o'tgan o'yinchilar bilan gaplashganingda, ular doim tezlik haqida gapirishadi. Jadvalning pastki qismidagi jamoalar bilan o'ynaganingda ham 90 daqiqa tinmay ter to'kishing kerak. Har hafta. Bu erda engil uchrashuvlar bo'lmaydi, Varan bunga ko'nikishi zarur.

Premer-liga LaLigadan keskin farq qiladi. Varan - hujumkor o'yinchi emas. Himoyachilar uchun jismoniy yuklamalar va tezlik muvozanatini ushlab turish oson emasligini ko'ryapmiz.

LaLigada Varan 70-75 % kuchini ishlatib harakatlanadigan o'yinlar ko'pligiga aminman. Bunday to'qnashuvlarda "Real" to'p bilan ko'p muomala qiladi va katta bosim his qilmaydi.

APLda esa bunday bo'lmaydi. Bunga imkon qadar tez ko'nikish kerak. Unda chindam ham yaxshi sheriklar bor - Xarri Maguayr, Lyuk SHou, Aaron Van-Bissaka yoki Tripper (Kiran hozircha MYU futbolchisi emas).

Bu yaxshi transfer. Lekin, Varan kelishi bilan Virjil van Deyk yoki Ruben Diash kabi ajoyib harakat qilishiga ishonchim komil emas", - dedi Millz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика