"Siti" Diego Simeonega qiziqmoqda
10 fev 2015 23:55
Yangiliklar

"Siti" Diego Simeonega qiziqmoqda
"Manchester Siti" agar Manuel Pellegrinidan voz kechsa "Atletiko"dan Diego Simeoneni olib kelmoqchi.
Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, "Siti" 44 yoshli Simeone Premer-Ligada ishlashni istayaptimi shuni bilishmoqchi.
Bu mavsumda Pellegrini juda katta bosim ostida qolmoqda. Klub rahbariyati katta pullar sarflamoqda. Natija esa u qadar yaxshi bo'layotgani yo'q.
Ayni paytda "Siti" Premer-Liga peshqadami "CHelsi"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda. "SHaharlarliklar" bu mavsumda sovrinsiz qolishlari mumkin. Sababi klub Angliya Liga kubogi va Angliya kubogini tark etib bo'ldi.
Pellegrinining taqdiri ECHL 1/8 finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinlardan so'ng hal bo'lishi mumkin. Agar Angliya klubi chorak finalga chiqa olmasa "Siti" bosslari Simeoneni yozda jamoaga taklif qilishlari mumkin.

Fikrlar