So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Siroj Hamroev: "Mavsumdagi birinchi o'yinimdan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Siroj Hamroev: "Mavsumdagi birinchi o'yinimdan ko'nglim to'ldi"

Kecha "Mashal" Oliy ligada 4-tur doirasida "Olmaliq"qa qarshi o'yinni o'tkazdi.
3:1 hisobida "gazchilar" g'alabasi bilan yakunlangan o'yinning boshlang'ich tarkibida uzoq tanaffusdan so'ng Siroj Hamroev tushdi. Qishgi yig'inda jarohat olgan himoyachi uchun bu o'yin mavsumdagi birinchi rasmiy o'yin bo'ldi. O'yindan so'ng futbolchi bilan suhbatlashdik.

"Qishgi yig'in davomida jarohat olganim bois orada ko'p vaqt tanaffusdan so'ng bugun yana safga qaytdim. Mavsumdagi birinchi o'yinimda ko'nglim to'ldi. Jismoniy holatimda hali kichik muammolar bo'lsa ham,  buni tez orada to'la tiklab olaman deb umid qilaman. Keyingi o'yinlarda to'la kuch bilan harakat qilishim kerak.  Kuchli raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik. Murabbiyimizning o'yinga tayyorlagan taktikasi natija olib keldi deya olaman" , - deydi o'yin haqida futbolchi.

- Oldinda jamoani qiyin o'yinlar kutib turibdi. "Neftchi" bilan o'yin borasida fikrlaringiz qanday?


"Neftchi" mag'lubiyatsiz kelmoqda. SHuni o'zi ham raqib kuchini anglatadi. Maydonga tushgandan so'ng raqibni ochkosi, turnirdagi o'rniga qarashni maqul ko'rmayman. Barcha raqiblarni hurmat qilgan holda g'alaba uchun harakat qilsak maqsadimizga etamiz.  

- Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda penalti ishladingiz  va bitta golga pas berdingiz. Bu himoyachi uchun yaxshi ko'rsatkich bo'lsa kerak?

Asosiysi jamoamiz g'alaba qozondi. Jarima maydonchasi ichida zarbani yo'lladim deb o'ylagan edim. Simulyaciyani o'ylaganim ham yo'q. Bosh hakam yaqin bo'lgani bois bu vaziyatni to'g'ri baholay oldi. Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz o'zimizga ham yoqdi.

- Bu yil oldingizga qo'ygan maqsadlar qanday ?

Birinchi navbatda jamoamiz bilan kuchli to'rtlikka kirishni maqsad qilganmiz. Keyingi mavsum OCHL uchun beriladigan yo'llanmani qo'lga kiritmoqchimiz. Buning uchun kuchli raqiblarga qarshi munosib o'yin ko'rsatib , natijaga erishishimiz kerak. Undan tashqari o'zim eng yaxshi o'yinlarim bilan  O'zbekiston milliy terma jamoasiga kirishni istayman. Oldimga qo'ygan eng katta maqsadlarimdan biri ham shudir.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика