So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

Sirojiddin Sayfiev: "Dinamo" qarzlarimni bersa dori-darmonga ishlatardim" Yangiliklar

Sirojiddin Sayfiev: "Dinamo" qarzlarimni bersa dori-darmonga ishlatardim"

Futbol jamoatidagi faoliyat olib borayotgan mutaxassis, futbolchi va muxlislar bor-ki, Sirojiddin Sayfievning holati bilan bevosita qiziqib turibdilar.

Moddiy yordam o'z yo'liga, ammo unga befarq bo'lmagan barcha insonlarning qilayotgan duolarining kuchi, qo'llab - quvvatlashlari Sirojiddin uchun katta dalda bo'layotganini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik.

Kiko Zunigani Samarqandga olib borish bahonasida, Sirojiddin Sayfievga atab yig'ib qo'yilgan omonatni ham topshirib keldik. Bugunga kelib 70 mlndan ortiq summa yig'ildi.

Moskvadan Samarqandga qaytgan Sayfievning uyiga borar ekanmiz, yuragimiz "shuv" etardi. Eshik ochildi, hariyriyat! Birinchi kelgan fikr shu bo'ldi. Sirojiddin aka o'z tanasini, o'zi ko'tarib o'tirardi. Yuziga qon yugurgan. Dardni enga boshlagan. Bu yangilikni barchangizga ulashishni burchimiz deb bildik. CHunki so'nggi 2 hafta davomida barchangiz u haqda o'yladingiz desak mubolag'a bo'lmaydi.



"Ochig'i kutmagandim. Xalqni shunchalik menga etibor qaratishi, futbol jamoatchiligini akciyada ishtirok etib qo'llab-quvvatlashlari, hayot uchun kurashishim kerakligini angladim. Avvaliga ko'p narsaga qo'l siltab qo'ygandim. Moskvaga ham do'stim, Denisning zo'rlashlari bilan bordim. Barchasi men uchun go'yo-ki, tamom bo'lib ulgurgan edi. Bu erda Erik (Erkin Boydullaev)ga ming rahmat. Yoshlikdagi jo'ramdan bir umr qarzdorman. Uyimizga tashrif buyuribsiz, shu bahona akciyada ishtirok etgan barchaga rahmatimni etkazib qo'ying. Ayniqsa duoda bo'lganlarga. Men Sizlar uchun ham kuchli bo'lishga vada beraman", - deydi Sirojiddin Sayfiev.

- Bizni qiziqtirgan savol bitta edi, "Dinamo" qarzini berdimi?
- Afsuski yo'q! Yana uch kundan so'ng Moskvadagi tibbiy ko'rik natijalarining javobi chiqadi. Faoliyatimni bag'shida etgan klubimdan qolgan qarzlar hech bo'lmasa dori-darmonga ishlatardim. "Dinamo" muxlislariga esa mingdan-ming rahmat! Nafaqat, "Dinamo", barcha o'zbekistonlik muxlislarga!

Sayfievning uyidan chiqish oldidan dasturxonga duo qilar ekanmiz, tez kunlarda yana avvalgi holatlarida xush kayfiyat bilan uchrashish nasib etishini tiladik.

Akciyada qatnashgan va qatnashishda davom etayotgan barcha yurtdoshlarimizga RAHMAT!


Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика