So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Sirojiddin Rahmatullaev: “Mashal” tarbiyalanuvchisi bo'lganimdan faxrlanaman” Yangiliklar

Sirojiddin Rahmatullaev: “Mashal” tarbiyalanuvchisi bo'lganimdan faxrlanaman”

“Mashal” futbol maktabidan etishib chiqqan bir qator istedodli futbolchilarimiz bugun nafaqat yurtimizda balki, Osiyo mamlakatlarining bir qator chempionatlarida muvaffaqiyatli to'p tepib kelmoqdalar.

Ana shunday futbolchilarimizdan biri bo'lgan va ayni paytda Malayziya chempionatida to'p tepayotgan futbolchi, Sirojiddin Rahmatullaev bilan qisqa suhbat uyushtirdik.

- Men bolaligimdan futbolga qiziqardim, millionlar o'yiniga mehrim bo'lakcha edi. Futbolchi bo'lishimga dadam sababchi bo'lganlar, 8 yoshimdayoq futbol sir asrorlarini o'rgana boshladim va 2007 yil fevralida men uchun qadrdon “Mashal” akademiyasiga kelganman. Akademiyadagi ustozlarim Boris Serostanov va Vadim SHodimatov meni haqiqiy professional futbolchi bo'lib etishib chiqishimga o'z xissalarini qo'shishdi. Bir so'z bilan aytganda Mashal”dan qarzdorman va ushbu klubda tahsil olganim bilan faxrlanaman, - deydi Rahmatullaev.



- Siz Malayziyaning “Bola Sepak ATM”  jamoasi azosisiz bu jamoadagi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Jamoamda meni hamma sharoitlar va qulayliklar to'liq qoniqtiradi. Avvaliga ko'nikish biroz qiyin bo'ldi endi esa ancha moslashib oldim.

- ATM da qaysi chiziqda to'p surayapsiz?
- Avvaldan o'zi yarim himoyachi bo'lganman, hozir ham ayni shu chiziqda o'ynayapman, bu menga yoqadi.

- “Mashal” safidagi debyutingizni eslay olasizmi?
- Ha bu kechagidek esimda, 2012 yil Farg'onada “Neftchi”ga qarshi bo'lib o'tgan bahsda meni o'sha vaqtdagi murabbiy Fomichov asosiy tarkiba maydonga tushirgandi.

- “Bola Sepak ATM” bilan yangi shartnoma imzoladingizmi.
- Men Yaqinda “Bola Sepak ATM” bilan yangi shartnoma imzoladim. Kecha Malayziya premer-ligasida debyut uchrashuvimni o'tkazdim.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?
- Kelajakda “Mashal” safida O'zbekiston chempioni bo'lishni orzu qilaman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика