So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Sirojiddin Po'latov: "Birinchi ligada ham qatnashish niyatimiz bor" Yangiliklar

Sirojiddin Po'latov: "Birinchi ligada ham qatnashish niyatimiz bor"

"Rektor Kubogi" yakunlangach, musobaqa tashkilotchilaridan biri – institutning futbol fakulteti katta o'qituvchisi Sirojiddin Po'latovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo musobaqa haqida to'xtalib o'tsangiz.

- Talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida ananaviy tarzda “Rektor Kubogi” musobaqasini o'tkazib kelamiz.

- Musobaqa qachondan beri o'tkazib kelinadi?

- Institut tashkil topgan 1956 yildan buyon ananaviy tarzda o'tkazib kelinadi. Turnir bir yilda bir marta tashkil etiladi. 

- Institut jamoasi Toshkent shahar chempionatida ishtirok etishidan xabarimiz bor...

- To'g'ri. Institutda tahsil oladigan talabalar, aniqrog'i, professional klublarda to'p surmaydigan talabalardan iborat jamoamiz Toshkent shahar birinchiligi bo'lmish 2-liga bahslarida muntazam ravishda qatnashib keladi. Salkam 20ta jamoa ishtirok etadigan chempionatdagi natijalarimizni ijobiy baholash mumkin. 

- Toshkent shahar birinchiligida qatnashishdan nima maqsad? Bu ham talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishmi?

- Albatta, lekin boshqa sabablar ham bor. Jumladan, institut jamoasi “Universiada” o'yinlarida qatnashadi. Tabiiyki, biz bu musobaqada munosib qatnashish uchun kuchli jamoaga ega bo'lishimiz kerak. Kuchli jamoani shakllantirib uchun esa, turnirlar bo'lishi lozim. Biz talabalardan tashkil topgan jamoani shahar birinchiligida shakllantirib boramiz. 

- Institut jamoasi shahar birinchiligida yuqori o'rinlarni egallab turganining guvohi bo'ldik. Jamoa 1-ligada ham qatnashishi mumkinmi?

- Mumkin. Hozir biz bu borada ham ish olib boryapmiz. Stadionimizni talab darajasiga olib chiqsak, 1-liga uchun ham harakat qilib ko'ramiz. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика