Sirojiddin Allaev: “Mag'lubiyatga uchrashishimizda men ham sababchi ekanligimdan juda afsusdaman”
28 apr 2016 09:15
Yangiliklar
Sirojiddin Allaev: “Mag'lubiyatga uchrashishimizda men ham sababchi ekanligimdan juda afsusdaman”
Kecha O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarining 5-turida “Orol” - “Zomin” (5:2) uchrashuvidan so'ng, uchrashuv haqida himoyachining fikri bilan qiziqdik.
- “To'g'ri biz mag'lubiyatga uchradik. Uchrashuvda menga nisbatan hakam nega bunday qaror qilganligini to'g'risi tushuna olmadim. Men sabab uchrashuv davomida jamoadoshlarim qiynalishdi. Mag'lubiyatga uchrashishimizda men ham sababchi ekanligimdan juda afsusdaman. Keyingi turda maydon tashqarisida turib jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlayman va omad tilayman”, - dedi himoyachi.
Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.
Fikrlar