So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Бунёдкор" – "Локомотив" 2:1 (матнли трансляция)  15 20:21Тюрам чемпионликни нишонлаётган ўғлига шапалоқ туширди  0 20:04Эронлик собиқ ҳакам унга қандай қилиб пора таклиф қилинганини фош қилди  0 19:46Франция президенти Пересдан Мбаппени Олимпиадага қўйиб юборишни сўрайди  0 19:24Англиянинг Евро-2024 учун кенгайтирилган таркиби маълум  3 18:59Криштиану Роналду, Пепе ва Бруну — Португалиянинг ЕВРО учун таркиби эълон қилинди  5 18:18Моуриньо ёки Аллегри "Ал Иттиход" бош мураббийига айланиши мумкин  1 17:57Англиянинг Евро-2024 учун қайдномасида Маркус Рэшфорд учун жой топилмади  11 17:36Виктор да Силва: "Янги чемпионатга киришиб кетиш осон кечмайди ва бироз вақт талаб қилади"  3 17:15Шошмай туринг, Де Зербини кейинги манзили Мюнхен эмас, Турин бўлиши мумкин  4 16:54Темур Чогадзе: "Насаф"нинг асосий мақсади Ўзбекистон кубоги эмас, Суперлига чемпионлиги"  10 16:33"Динамо" "Пахтакор" билан дуранг ўйнаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 16:17Тони Кроос ЕВРО-2024дан кейин фаолиятини якунлайди  15 15:59Диққат танлов. KELME брендидан футбол тўпини ютиб олинг!   19 15:42АПЛ янги мавсумида "VAR" бошқачароқ ишлайди  2

Siroj Meliev "Xorazm" bilan kambek haqida: "Ikkinchi bo'limda raqib xatoimizdan foydalandi va hammasi shundan so'ng boshlandi" Yangiliklar

Siroj Meliev "Xorazm" bilan kambek haqida: "Ikkinchi bo'limda raqib xatoimizdan foydalandi va hammasi shundan so'ng boshlandi"

Hakim Fuzaylov murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasi Pro liga birinchi davraning 13-turida "Xorazm" bilan bahsda kombek ko'rsatgan holda 4:3 hisobida g'alabani tantana qildi.

Uchrashuvda hisobni ochgan samarqandliklar, keyinchalik darvozalaridan ketma-ket uchta to'p olib chiqishdi. Bu paytga kelib "Xorazm" 3:1 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq ikkinchi bo'limning yarimidan so'ng maydon egalari katta kuch bilan oldinga o'tishi natijasi birin-ketin keskin vaziyatlar yaratdi. Siroj Melievning goldin so'ng 2:3, SHohruh Abdurahmonov hisobni 3:3 ko'rinishiga keltirdi. Yakuniy hal qiluvchi golga esa Dimitro Sidorenko mualliflik qildi. Biz ushbu uchrashuvdan so'ng o'yinning borishini o'zgartirib yuborgan golni urgan Siroj Melivni suhbatga chorladik.  

- Dastlab "Dinamo"ning Pro ligadagi ishtiroki haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Jamoa har bir o'yinda hujumkor va agressiv harakat qilmoqda. Lekin "Aral Samali", "Oq-tepa", "Xorazm"ga qarshi safardagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrab muhim ochkolarni boy berdi. Superliga yo'llanmasi uchun kurashda bu pand berishi mumkin...

- Avvalambor assalomu aleykum. Yana bir bor o'tib ketgan kasb bayraminglar bilan tabriklayman. Ijoddan to'xtamanglar. Ishilarga rivoj va muvaffaqiyatlar tilayman. Bevosita savolingizga kelsak, albatta yo'qotilayotgan har bir ochko Superligaga yo'llanma olishimizga o'z tasirini o'tkazadi. Lekin oldinda hali o'yinlar ko'p. O'ylaymanki, yo'qotilgan ochkolarning o'rnini to'ldira olamiz. Hammasi o'z qo'limizda. Barcha jamoada imkoniyat bor, deya olaman. Faqat biz emas, "Neftchi", "Buxoro" jamoalari ham ochko yo'qotmoqda. Bu esa Pro ligada raqobat kuchayganini anglatadi. Elitaga yo'llanma olish uchun oxirigacha kurashamiz va inshaalloh maqsadimizga erishamiz. 

- "Dinamo" kayfiyat jamoasimi? 

- Yo'q, bu fikringizga qo'shilmayman. Biz kayfiyat jamoasi emasmiz. Har bir o'yinga finalga chiqqandek yondashyapmiz. Qaerdadir omad yuz o'girmoqda. Katta ustunlikka ega bo'lib turgan o'yinlarimizda vaziyatlardan foydalana olmadik. O'zimizga o'zimiz mag'lubiyat olib keldik. Futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan ibora bizga nisbatan ko'p ishatilinmoqda. Ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, lekin golni raqib urib ketmoqda. 

- Klubning hozirgi kungi harakatlari Superliga uchun etarli emasdek ko'rinmoqda. Amalga oshirish lozim bo'lgan ishlar ko'pligi sezilib turibdi...

- To'g'ri. Hali o'zlashtiradigan, ishlanadigan jihatlarimiz bor. Murabbiylarimiz alohida qaysi joyga etibor berish kerakligini bilishadi. Ayni paytda birinchi davra yakuniga etgan. Bir necha kundan so'ng yig'inga kirishamiz. Jismoniy va taktik tomondan astoydil ishlaymiz. Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishga vaqtimiz etadi, deb o'ylayman. 

- Endi yilning eng qiziqarli to'qnashuviga kelsak. "Xorazm" bilan o'yin taassurotlari, o'yindagi atmosfera, hissiyotlar bilan o'rtoqlashsangiz..

- Har bir o'yinga bo'lgani kabi, "Xorazm" bilan bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi davradagi mag'lubiyat alamini olishimiz shart edi. Bundan oldin safar "Aral Samali"ga mag'lubiyatga uchrab muxlislarimizni ranjitgandik. SHu bois ham ikki karra ishtiyoq bilan harakat qildik. Mazkur bellashuvdagi g'alaba tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqib ketishimizga zamin yaratardi. Xudoga shukur rejalarimiz ish berdi va g'alaba qozondik. Uchrashuvga to'xtalsak, tezkor gol urib yaxshi boshlab oldik. Ustunlik to'liq bizning tomonda edi. Vaziyatlar yaratildi. "Xorazm" bo'lim oxirlarida o'zida kuch topa oldi shekilli, 45-daqiqadan so'ng ikkita to'p o'tkazib yubordik. Tanaffusdan so'ng o'zimizga kelib vaziyatni o'nglashga kirishdik. Jamoa bilan birlashib ruhiyatni tushirmasdan o'yin va hisobdagi ustunlikni tomonimizga og'dirdik. Ikkinchi bo'limda raqib yana bir bor xatoimizdan foydalanib ketdi. Hammasi shundan keyin boshlandi. Sovuqqonlik bilan hujumlarni yakunlay boshladik. Stadionda chiroqlarni o'chib qolgani ham biz uchun ishlagandek go'yo. Xudoga shukur muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ular shu kuni arenada ajoyib muhit yaratib berishdi. Bunday g'alabadan so'ng hissiyotlar o'zidan-o'zi kelaveradi. Mana shunday o'yinlar ko'paysa, futbolimiz rivojlanadi. Stadionga kelgan ishqibozlar halol va toza futbol guvohiga aylanishdi. To'g'ri 1:3 hisobida ortda borayotganimizda tanqidlar, etirozli ohanglar yangradi. Lekin futbol hakamning final hushtagi chalingunigacha davom etadi. Yutuq hammaniki. Mag'lubiyatga uchrasa faqat jamoa aybdor bo'lib qolmasligi kerak. CHunki biz futbolchilar ham maydonda faqat g'alaba uchun borimizni berib o'ynaymiz-ku. Hech qaysi futbolchi maydonga faqat yutqazish uchun tushmaydi. Muxlislar bizni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlab turishsa, biz albatta Superligaga chiqamiz. 


- Jamoadagi xarakter faqat bu bahsda emas, qolgan o'yinlarda ham ko'rinyapti. Aksariyat hollarda hisobda ortda borayotib yakunda o'zi uchun ijobiy natijani taminlab ketmoqda...

- Ha, siz aytganingizdek jamoada xarakter, maydondagi futbolchilarning ko'zida yonish, ishtiyoq bor. Jamoamiz ahil. Istalgan paytda har qanday jamoani bemalol yuta olamiz. Jismoniy tayyorgarligimiz alo darajada. Jamoamizdagi tajribali futbolchilar talaygina. Ular qolgan futbolchilarni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishmoqda. Umuman olganda bir oila, bir kuch bo'lib natijalarni qo'lga kiritmoqdamiz. To'g'ri gohida siz istagan narsa har doim ham o'xshamasligi mumkin. Qolaversa raqiblar ham qarab turayotgani yo'q. Jiddiy tayyorgarlik bilan maydonga chiqishmoqda. 

- Faoliyatingizda avval to'p tepgan jamoalaringizda bunday kambekli o'yin, gollar shousi, ajoyib muhit bo'lgan o'yinni eslay olasizmi? Ikkinchi davrada hal qiluvchi bahslarda ikki hissa iroda ko'rsatish talab qilinadi...

- Faoliyatimda ilgari bunday o'yin bo'lmagan. 1:3 hisobida ortda borayotib yakunda 4:3 hisobida yutishimizni hech kim kutmagandi. Lekin men ichimdan yutishimizga ishongan edim. Boisi o'yin borasida raqibdan qolishganimiz yo'q. Agar imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda hisob bundan ham yirik ko'rinish olardi. Bizga so'nggi pallada zarba berishda sovuqqonlik etishmayapti. Bunday betakror muhit aslo yodimdan chiqmaydi. O'tgan mavsum 3-turda "Andijon" - "Navbahor" o'yinida ham atmosfera ajoyib ko'rinish olgani esimda. 

- Hakim Fuzaylovning jamoani ruhlantiruvchi asosiy aytadigan so'z quroli nima? Qanday qilib jamoani bunday oldinga boshlay oladi?

- Hakim Qayumovich bizga oson o'yin yo'qligini doim aytib kelganlar. Buni ortda qolgan uchrashuvlar va natijalar aytib turibdi. 

- Jamoani safarda ham, uyda ham ajoyib muhit qilib berayotgan muxlislarga tilaklaringiz...

- Ishqibozlar jamoamizning 12-o'yinchilaridir. Ularga uyda ham, safarda ham qo'llab-quvvatlashayotgani uchun rahmat aytaman. Ayrim muxlislar mag'lub bo'layotgan paytimizda baqirishadi, turli so'zlarni ishlatishadi. Futbolda har qanday vaziyat bo'ladi. Jamoamizga oxirigacha ishonch bildirishlarini so'rab qolaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика