Siroj Hamroev: “Xo'jand” Superkubokni yutib tarixga kirishi mumkin edi”
05 apr 2020 10:19
Yangiliklar
Siroj Hamroev: “Xo'jand” Superkubokni yutib tarixga kirishi mumkin edi”
Poytaxt jamoasining g'alabasi bilan tugagan bahsdan so'ng mehmon jamoa safida harakat qilgan o'zbekistonlik Siroj Hamroev o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

“Birinchi bo'limda jamoamiz ajoyib o'yin ko'rsatdi. Bizga suyukli muxlislarimiz etishmadi. Bilsangiz, “Xo'jand” jamoasining betakror va oliyjanob ishqibozlari bor. Ular har doim safarda yoki uyda biz bilan birga bo'lishadi. Garchi, bugun stadionga kiritilmagan bo'lsa ham qalban ularning madadini sezib turdik.
Hozirda butun dunyo bitta kasallik bilan kurashmoqda. Bunday paytda birinchi o'rinda inson sog'lig'i turadi. Qisqa qilib aytganda bizning o'n ikkinchi o'yinchilarimiz muxlislarimizning hayqiriqlari kamlik qildi.
Natijani saqlab qolish so'ngi daqiqalarda diqqatimizni yo'qotdik. Biroz etiborliroq bo'lishimiz kerak edi. Superkubokni yutish orqali tarixga kirishni istagan edik. Klub shu vaqtgacha biron marotaba ushbu sovringa ega chiqmagan ekan. Mana yaqin kunlarda ichki chempionat bahslari ham boshlanadi. 8 aprel kuni Pomirning CSKA jamoasiga qarshi o'yin bilan mavsumni boshlaymiz”, - deydi o'zbekistonlik futbolchi.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar