So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Sirli terma jamoa Toshkentda mehmon yoxud KXDR haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Sirli terma jamoa Toshkentda mehmon yoxud KXDR haqida nimalarni bilamiz?

Teglar :  KXDR
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Biz odatga ko'ra bo'lajak raqibimiz haqida malumot beramiz.

TARIX VA BUGUNGI KUN
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yoki qisqa qilib aytganda KXDR terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olgan Osiyoning dastlabki jamoasi hisoblanadi. 1966 yil Angliya mezbonlik qilgan mundialda KXDR debyut qilgan. Guruhda Sobiq Ittifoq terma jamoasiga yutqazgan, CHili bilan durang qayd etgan va Italiyani mag'lub etgan koreyslar ikkinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l olishgan. KXDR xatto yarim finalga chiqishiga bir bahya qolgan. CHorak finalda Portugaliya bilan o'yinda dastlabki 25 daqiqada javobsiz uchta gol urgan SHimoliy Koreya yakunda 3:5 hisobida yutqazib qo'ygandi. Afsonaviy Eysebio pokerga erishgandi.

KXDR 2010 yil JARda bo'lgan Jahon chempionatida ham ishtirok etgandi. Braziliyaga 1:2, Portugaliyaga 0:7 va Kot-D'Ivuarga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan jamoa guruhda so'nggi o'rinni band etgandi.

SHimolliklar OFK chaqiruv kubogida juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Uch marta o'tkazilgan musobaqaning birinchisida KXDR uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 2010 va 2012 yillarda ushbu jamoa chempion bo'lgandi.

Terma jamoa hujumchisi Jong Il Gvan bugungi kunda SHveycariyaning "Vil" klubi sharafini himoya qilmoqda. Kvang Ryong Pak esa Avstriyada "Sankt Petlen" safida to'p tepmoqda. 20 yoshli hujumchi Kvang Song Xan o'tgan yil "Kalyari" safida Italiya A seriyasida faoliyat olib borgan edi. Bu mavsumni esa B seriya ishtirokchisi bo'lgan "Perudja" tarkibda boshladi.




SHimoliy Koreya futbol Associaciyasi
Laqabi 
- "CHollima"
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Kim Yong Jun (KXDR)
Sardor - Ri Myong Guk
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Ri Myong Guk (96)
Eng ko'p gol urgan - Jong Il Gvan (18)
FIFA kodi - PRK
FIFA reytingidagi o'rni - 109 (2018 yil 20 sentyabr)

Birinchi rasmiy o'yin
1956 yil 7 oktyabr
KXDR - Xitoy 1:0

Eng yirik g'alaba
2005 yil 11 mart
KXDR - Guam 21:0

Eng yirik mag'lubiyati
2010 yil 21 iyun
Portugaliya - KXDR 7:0

Jahon chempionatidagi ishtiroki - 2 marta (birinchisi 1966)
Eng yaxshi natijasi - chorak final (1966)

Osiyo Kubogidagi ishtiroki -
4 marta (birinchisi 1980)
Eng yaxshi natijasi - to'rtinchi o'rin (1980)

Olimpiada o'yinlaridagi ishtiroki - 1 marta (1976)
Eng yaxshi natijasi - CHorak final (1976)


Sovrinlari
OFK CHaqiruv kubogi
CHempion - 2010, 2012


O'ZARO O'YINLAR TARIXI

O'zbekiston terma jamoasi KXDR bilan shu kunga qadar 8 marta to'qnash kelishgan. Vakillarimiz besh marta g'alaba qozonishgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va bir marta koreyslar bizni taslim qilishgan.

Ushbu jamoa bilan faqat bir marta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganmiz. 2008 yilning 28 avgustida Toshkentga KXDR terma jamoasiga tashrif buyurgan. Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'shanda durang qayd etgandi - 0:0.

SHundan so'ng shimoliy koreyaliklar ikki bor Toshkentga kelishgan. JCH-2014 va JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarning ikkalasida ham (1:0 va 3:1) vakillarimiz zafar quchishgan.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'yin 2015 yil 12 noyabr kuni bo'lib o'tgan. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahs JCH-2018 saralashi doirasida bo'lgan. Mehmonlar 2-daqiqadayoq Lobanov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilishgandi. Bunga vakillarimiz Igor Sergeev, Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedovning gollari bilan javob berib, irodali g'alabani tantana qilishgan - 3:1.



KXDR terma jamoasining Toshkentga kelgan tarkibi:
 
1. U Il Gang
2. An Song Il
3. An Il Bom
4. Kim Song Min
5. Ri Myong Guk
6. Kang Ju Xyok
7. Kim YU Song
8. Ri Un CHol
9. Jong Il Gvan
10. Kim Kuk Bom
11. Sim Xyon Jin
12. Kim Yong Il
13. Ri CHang Xo
14. Kim CHol Bom
15. Rim Kvang Xyok
16. Ri Kum CHol
17. Jang Kuk CHol
18. Ri Txong Il
19. Kang Kuk CHol
20. Jo Kvang Myong
21. Xan Txay Xyok
22. Sin Xyok



OSIYO KUBOGIGA YO'L
KXDR terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 saralashining so'nggi bosqichida Livan, Gonkong va Malayziya bilan bir guruhdan joy olgandi. Bo'lib o'tgan 6ta uchrashuvda 11 ochko jamg'argan koreyslar Livandan keyin ikkinchi o'rinni egallab qita chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Saralashdagi 13ta golning 6tasini 1995 yilda tug'ilgan Kim YU Song raqib darvozasiga urishga erishdi.

KXDR shu kunga qadar Osiyo Kubogi final bosqichida 4 marta ishtirok etgan. Mana shu to'rt musobaqada jami 15ta o'yin o'tkazgan koreyslar 3ta uchrashuvda g'olib bo'lishgan xolos. Ikki bor durang qayd etishgan va qolgan 10ta o'yinda imkoniyat boy berilgan.

1980 yildagi Osiyo Kubogida KXDR to'rtinchi o'rinni egallagan. Qolgan uchta musobaqada ushbu yurt terma jamoasi guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan. Yodingizda bo'lsa 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida KXDR O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgandi. O'shanda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz safida Igor Sergeev gol urib KXDRni mag'lub etgandi.

KXDR BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Qatar hamda Livan bilan kurash olib boradi.



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика