Sinisha Mixaylovich: "De Yongning Kimmexga nisbatan qoidabuzarligini ko'rmadim, ammo futbol - raqs emas"
05 avg 2015 12:43
Yangiliklar


Sinisha Mixaylovich: "De Yongning Kimmexga nisbatan qoidabuzarligini ko'rmadim, ammo futbol - raqs emas"
"Milan" bosh murabbiyi "Audi Kap" doirasidagi "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda (0:3) Nayjel de Yong va raqib jamoa ustozi Xosep Gvardiola o'rtasidagi janjalga izoh berdi.
"Qoidabuzarlikni ko'rmadim. Futbol - raqs emas. Qoida buzish - sportning bir qismi. SHu sababli bunday o'yinlarni o'rtoqlik uchrashuvi deb bo'lmaydi.
O'yinda bir tomonlama harakat bo'ldi, chunki raqibimiz juda yaxshi o'ynadi. Ular test-drayvni yaxshi o'tkazdi, biz esa yo'q.
Biz o'yinimizni yaxshilab, buni ustida ishlashimiz lozim" - deydi Mixaylovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar