So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   1 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Simone Inzagi "Inter"ning muammolarini aytdi Yangiliklar

Simone Inzagi "Inter"ning muammolarini aytdi

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi jamoadagi muammo haqida gapirdi.

"Statistikalar bizni ECHL va Italiya Kubogidan ko'ra, A Seriyada yaxshiroq ekanligimizni ko'rsatmoqda. Biroq natijalar buni tasdiqlamayapti. Hozir biz nima qilsak ham raqib darvozabonlari - Ochoa, Drongovski va boshqalar uchrashuvning eng yaxshilari bo'lmoqda.

Jamoadagilar ochko va g'alabalar kerakligini tushunib turibdi. 2023 yilda biz o'z darajamizdagi kabi o'ynay olmayapmiz. 16 oy davomida muntazam gol urib keldik, eng yaxshi hujum chiziqlaridan biri bizda bo'ldi, endi esa vaziyatlardan foydalanish anchagina kamaydi. Jamoa vaziyatlar yaratmoqda, biroq bizga buni yakunlash muhim.

CHempionatda "Milan"dan 2 ochkoga ortda qolyapmiz. Bizda ECHL pog'onasiga joylashish uchun barchasi etarlicha. Biroq "Juzeppe Meacca"dagi mag'lubiyat bizni ogohlikka chaqirishi kerak. Jamoa yaxshi, vazifalarni bajara oladi. Biz Italiya Kubogi va ECHLdagi ishtirokni davom ettiryapmiz.

ECHLda boshqa kayfiyat, chempionatda boshqa kayfiyat degan fikrga esa qo'shilmayman", - dedi Inzagi.

"Inter" 5 o'yindan buyon A Seriyada g'alaba qozona olmayapti. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 19 aprel kuni ECHL doirasida "Benfika"ga qarshi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика