Simeone 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
04 may 2018 22:43
Yangiliklar
Simeone 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone UEFA tomonidan to'rtta o'yinga chetlatildi va Evropa Ligasi final o'yinida ishtirok eta olmaydi.
Evropa futboli bosh tashkilotining bundaq qarorga kelishiga murabbiyning “Arsenal”ga qarshi Londonda o'tgan bellashuvda hakamlar bilan tortishuvga borgani sabab bo'ldi.
Argentinalik murabbiyi “Arsenal”ga qarshi javob uchrashuvni tribunadan kuzatdi. U yana uchta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.
Simone shuningdek 10 ming evro jarimaga ham tortildi. “Atletiko” yana shuncha miqdordagi mablag'ni jamoa muxlislarining “Emireyts” stadionida uchrashuv vaqtida maydonga taqiqlangan buyumlarni uloqtirgani uchun o'tkazib beradi.
“Atletiko” 16 may kuni Evropa Ligasi finalida “Marsel” bilan kuch sinashadi.
Fikrlar