Simon Minole: “CHempionlikni maydonda nishonlashni xohlardim”
18 may 2020 08:05
Yangiliklar


Simon Minole: “CHempionlikni maydonda nishonlashni xohlardim”
“Bryugge” posboni jamoasiga chempionlikka erishgani haqidagi xabar telefon orqali malum qilingani haqida gapirdi.
“Biz SMS oldik. Keyin oilam bilan shampan vinosidan ichidik. SHu bilan bo'ldi. Ha, biz o'zimizni chempion sifatida his qilyapmiz. Buni g'alabadan so'ng maydonda nishonlashni xohlardik, albatta. Jamoadoshlar, muxlislar va klub vakillari bilan birga nishonlashni. Farqi ham shu. Biroq hozir turgan vaziyatimizni to'g'ri qabul qilishimiz kerak”, — deydi Minole.
Eslatib o'tamiz, Belgiya chempionati koronavirus sabab muddatidan avval yakuniga etdi. “Bryugge” esa chempion sifatida tan olindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar