So’nggi yangiliklar

15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   0 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  4 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  0 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  27 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  4 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7

"Simich bilan gaplashib, kerak bo'lsa uni jazolaymiz. Lekin futbolchilarni haqoratlash, onasi yoki rafiqasini so'kish yaxshi emas" - SHota Arveladze Yangiliklar

"Simich bilan gaplashib, kerak bo'lsa uni jazolaymiz. Lekin futbolchilarni haqoratlash, onasi yoki rafiqasini so'kish yaxshi emas" - SHota Arveladze

Superliganing 6-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyin "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kutilganidek qiyin bahsni o'tkazdik. Umuman olganda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. O'yin davomida darvozamiz tomon to'g'ri berilgan zarbani ham eslolmayman. Ikkinchi bo'limda esa adashmasam qanotdan darvoza tomon bir marta zarba berildi. SHuningdek, yana 2-3 marta burchak zarbalari amalga oshirildi. Uchrashuvni to'liq o'z nazoratimiz ostida o'tkazdik. Acniqsa tanaffusdan keyin ko'plab vaziyatlar sodir etildi. Ulardan ikkitasini esa o'z foydamizga hal etishni uddaladik", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi SHota Arveladze.


- Tarkibida deyarli terma jamoaning yarim futbolchilari mavjud bo'lgan "Paxtakor" o'yinlarni nega xotirjam g'alaba qozona olmayapti? Qandaydir muammolar bormi?

- "Paxtakor" o'yinlarni xotirjamlik bilan yutishi kerakmi?

- Ko'pchilik shuni kutyapti. 

- Jamoamiz rejimidan xabaringiz bormi? Futbolchilar qachon kelishadi, necha soat parvoz qilishadi, qaerda uxlashadi va hokazo. Masalan siz kecha uxlagansiz va ertalab turib nonushta qilgansiz va kechki payt futbol tomosha qilgani kelyapsiz. Biz esa oxirgi 2 oy davomida deyarli butun dunyoni aylanib chiqdik. SHu taraflama jamoaning rejimi, taqvimi juda tig'iz. Siz aytgan terma jamoa futbolchilari Osiyo Kubogidan keyin hordiq chiqarishgani yo'q, masalan. Keling ochig'ini aytamiz, kim bugun jismoniy taraflama yaxshiroq ko'rindi: bizmi yoki "So'g'diyona"? 

- Albatta "Paxtakor".

- Nega unda bunaqa deyapsiz? "So'g'diyona" haftada bir marotaba maydonga tushmoqda. Biz esa hafta davomida uchta o'yinda ishtirok etyapmiz. vaziyatga xolisona fikr bildirish kerak. SHahringiz jamoasi ikkinchi bo'limda bizning maydonchamiz oldiga deyarli o'tmadi. Bugun to'p qanchadan-qancha to'sin va ustunga tegdi. Futbolda eng qiyini gol urish. Agarda siz savolni barcha jamoalar "Paxtakor"ga qarshi o'zgacha ishtiyoq va kuch bilan o'ynaydi, deb boshlaganingizda, javob shunday bo'lardi. Barcha jamoalar etakchilar bilan ikki xissa kuch bilan o'ynashadi. Murabbiy va raqib o'yinini bilgan mutaxassis sifatida "So'g'diyona"ni tajribali jamoa deb baholagan bo'lardim. Kuchli mutaxassis va raqibga qarshi kelib osonlikcha to'rtta gol urish kerakmi? Masalan kecha "Nasaf" 4ta gol urdi. CHempionatda barcha jamoalarning kuchli taraflari va terma jamoa darajasidagi futbolchilari mavjud. Oson raqibning o'zi yo'q.

- O'yindan keyin siz Maxaradze bilan suhbatlashib turgan paytingiz, Marko Simich jizzaxlik muxlislarga xunuk qiliq qildi. Buni ko'rmadingiz. Kiyinish xonasida u bilan alohida suhbatlashib qo'ying. 

- Agarda Simich hurmatsizlik qilgan bo'lsa, unda nafaqat u bilan gaplashaman. Balki uni bu voqea uchun ichki tartibda jazolaymiz. Masalan bizga ham ko'plab muxlislarning haqoratli gaplarini eshitish yoqmaydi. Lekin shunga qaramay ularni hurmat qilamiz. Futbolchilar onasi yoki rafiqasini qo'shib haqoratlash yaxshi ish emas. Simich nima qilganini ko'rmadim. Biroq bu vaziyatni ko'rib, o'rganib chiqamiz. "So'g'diyona"ni hurmat qilamiz va jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilaymiz.

- Masharipovni ko'pchilik jamoalar individual qo'riqlashmoqda. Bugun ham Boltaboev unga qarshi alohida o'ynadi. Bu esa albatta qo'shimcha muammo tug'diradi. SHuni inobatga olgan holda unga alohida maslahatlar berasizmi?

- O'ylashimcha, Jalol yaxshi o'ynamoqda. OCHLda ham, chempionatda ham yomon o'ynamayapti. Yaqin orada yaxshigina o'sishga erishdi. Bugun ham yaxshi o'ynadi. 

- Eldorbek Suyunov jarohati tufayli o'ynamayaptimi yoki Quvvatov Eldor jarohatlangan paytida jamoaning birinchi raqamiga aylanib oldimi?

- Quvvatov darvozani yaxshi qo'riqlamoqda. Xudoga shukur Eldor Suyunov ayni paytda umumiy guruhda jamoa bilan shug'ullanishni boshlagan. Jarohat ortda qoldi. Yaqin orada yoshlar tarkibida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.  

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика