Simeonening sobiq yordamchisi Burgos La Liga klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin
22 iyu 2020 18:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582641_original.jpg)
![](/upload/storage/582641_220.jpg)
Simeonening sobiq yordamchisi Burgos La Liga klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin
"Atletiko"da shu paytga qadar Diego Simeonening yordamchisi bo'lib kelgan Xerman Burgos "Alaves" bosh murabbiyligi uchun davogarlardan biri.
"Atletiko"da ishlagan mutaxassisdan tashqari bu o'rin uchun nomzodlar qatorida Xose Luis Mendilibar, Visente Moreno va yaqinda "Betis"dan istefoga chiqarilgan Rubi bor.
Burgos "Atletiko"ga deyarli 9 yil davomida La Liga, Kubok, Ispaniya Superkubogi, ikki karra Evropa Ligasi, UEFA Superkubogi, shuningdek CHempionlar Ligasi finaliga qadar etib borishida yordam berdi.
Eslatib o'tamiz, "Alaves" La Ligada qolish vazifasini uddaladi va 16-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar