Simeone Suaresning "Atletiko"ga o'tishida muhim rolni o'ynamoqda Yangiliklar

Simeone Suaresning "Atletiko"ga o'tishida muhim rolni o'ynamoqda

"Barselona" hujumchisi Luis Suares qanday sabab bilan "Atletiko"ga o'tayotgani malum bo'ldi.

Urugvaylik futbolchining Madrid klubi bilan shartnoma imzolashga tayyor bo'lgani sababi "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonedir.

Birinchidan, "Atletiko" yuqori moliyaviy harajatlar sabab Suares bilan aloqaga chiqmoqchi emas edi, ammo aynan Simeonening o'zi 33 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni talab qildi. Ikkinchidan, u o'yinchini Madrid klubiga o'tishga ko'ndira olar edi.

Qayd etish kerakki, Simeone Suaresni qadrlaydi. U Suaresni "Yuventus"ga ketayotgan Moratadan ko'ra jamoaga yaxshiroq moslashishiga ishonadi.

Eslatib o'tamiz, Suares "Atletiko" bilan 9 million evrolik maosh bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi, u tez orada "Barselona"dan tekinga ketadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика