Simeone: "Oblak - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, ammo uning porlashida "Atletiko" ham yordam beryapti"
27 okt 2019 11:01
Yangiliklar


Simeone: "Oblak - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, ammo uning porlashida "Atletiko" ham yordam beryapti"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Atletik"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 10-tur uchrashuvi (2:0) fikr bildirdi.
"Biz o'sishda to'xtamasligimiz, ikkinchi bo'limdagidek o'ynashda davom etishimiz kerak. Kuchli raqibga qarshi ajoyib harakat qildik. Jamoa yaxshi o'ynadi.
Oblak - dunyoning eng yaxshi darvozaboni, bunga shubha yo'q. U yildan yilga kuchayib boryapti, ammo jamoa ham unga porlashda yordam beryapti.
Korrea doimo forvard bo'lgan, ammo undan o'zi uchun odatiy bo'lmagan hududlarda foydalandik. SHunga qaramay u o'ng qanotda yaxshi o'ynadi.
Biz ketma-ket uchta yirik uchrashuv o'tkazdik. Avvaliga "Valensiya" bilan o'ynadik, keyin CHempionlar ligasi, endi esa LaLigada oson bo'lmadi. Har uch kunda maydonga tushyapmiz va o'yinga bo'lgan ehtirosni saqlab qolishimiz kerak" - deydi Simeone.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar