Simeone: “Muxlislar stadionda bo'lishmasada, qalban biz bilan birga edilar”
21 iyu 2020 09:35
Yangiliklar


Simeone: “Muxlislar stadionda bo'lishmasada, qalban biz bilan birga edilar”
“Atletiko” ustozi Diego Simeone La Liga 30-turi doirasida “Valyadolid”ga (1:0) qarshi uchrashuvdan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'z stadionimizda to'p tepish – bu har doim yoqimli holat. Garchi jamoamiz ishqibozlari o'yingohda bo'lmagan bo'lishsada, qalban biz bilan bo'lishdi.
Biz birinchi bo'limda juda yaxshi harakat qildik. Ammo ikkinchi bo'limda raqib yaxshi himoyalandi va bu bizga muammolar tug'dirdi. Yagona gol juda og'ir o'yinda bizga g'alaba keltirdi.
Umuman olganda biz kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. Birinchi bo'limda uchta yaxshi imkoniyat bo'ldi. Muhimi g'alabaga erishganimiz.
Barchaga qolgan o'yinlar oson kechmaydi. Kim o'z kuchini to'g'ri taqsimlay olsa, kim har uchun kunda bo'ladigan o'yinlarda ruhiy kurashlarda o'z ustunligini ko'rsata olsa, maqsadiga erishadi”, dedi Simeone.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar