Simeone Kostaning chetlatilishi haqida: "Barselona" futbolchilari ham xuddi shunday qilishdi, ammo ular chetlatilmadi"
07 apr 2019 03:20
Yangiliklar


Simeone Kostaning chetlatilishi haqida: "Barselona" futbolchilari ham xuddi shunday qilishdi, ammo ular chetlatilmadi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone LaLiga 31-turida "Barselona"ga uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) co'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoa ajoyib o'yin o'tkazji, juda ko'p ishlarni amalga oshirdik. CHetlatishga qaramay, jamoam juda yaxshi ishladi. Suares hisobni ochganda, vaziyatni o'nglash qiyin edi. Sababi, juda oz vaqt qolgandi.
Diego Kosta bilan gaplashmadim. Hakamdan vaziyatni qanday jiddiyligini so'radim. CHunki, "Barselona" o'yinchilari ham xuddi shu ishni qilishdi va chetlatilgani yo'q. Bizda 11 o'yinda 7 marta chetlatish kuzatildi. Bu yaxshi emas", - dedi Simeone.
Uchrashuvning 28-daqiqasida "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta hakam Xesus Xil Mansanoga nisbatan qo'pol muomalada bo'lgani uchun chetlashtirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar