Simeone: "Kasilyasni "Real"dagi eng yaxshisi deganimda ustimdan kulishgan"
07 jan 2015 11:19
Yangiliklar


Simeone: "Kasilyasni "Real"dagi eng yaxshisi deganimda ustimdan kulishgan"
"Atletiko" bosh murabbiy Diego Simeonening hisoblashicha, "Real" darvozaboni Iker Kasilyas o'z darajasida faoliyatini davom ettiryapti.
"Kasilyas "Real"dagi eng yaxshisi deganimda ustimdan kulishgan. Ammo men xato qilmagan edim, chunki uzining asosiy tarkibdagi joyini qaytardi, klublar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi. U ko'p marotaba "Atletiko" bilan o'yinda ijobiy natijalarga erishgan" - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, bugun bo'lib o'tadigan "Atletiko" va "Real" o'rtasidagi bahs "Visente Kalderon" stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar