Simeone Joau Feliksning ketishini talab qilmoqda
25 mar 2024 13:23
Yangiliklar
Simeone Joau Feliksning ketishini talab qilmoqda
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone endi hujumchi Joau Feliksni o'z jamoasi futbolchisi sifatida ko'rmaydi.
24 yoshli portugaliyalik joriy mavsum ijara asosida "Barselona"da harakat qilmoqda. Simeone Feliksdan yozgi mavsumoldi yig'ini boshlanishidan oldin Madrid klubini tark etishini talab qilmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko'ra, La Liganing 29-turidan o'rin olgan "Atletiko"ning uy stadioni "Civitas Metropolitano"ga so'nggi tashrifi chog'ida Feliks allaqachon madridliklar jamoasining bazi futbolchilari bilan xayrlashgan. Takidlanishicha, Feliks "Atletiko"ning aksariyat futbolchilari bilan iliq munosabatda bo'lmagan.
Feliks ushbu mavsum barcha turnirlarda 34 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar