Simeone Grizmann haqida: "Ko'nikish ketmoqda. Hozirgi "Atletiko" u ketgan paytidan farq qiladi"
22 sen 2021 15:01
Yangiliklar
Simeone Grizmann haqida: "Ko'nikish ketmoqda. Hozirgi "Atletiko" u ketgan paytidan farq qiladi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasidagi "Xetafe" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng hujumchi Antuan Grizmanning o'yini haqida gapirdi.
Franciyalik futbolchi "Barselona"dan qaytganidan beri 4ta o'yinda birorta gol yoki assistni amalga oshira olmadi.
"Barchasi joyida. U qaytishdan juda mamnun bo'ldi.
U ayni damda ketgan paytidan farq qiladigan hozirgi "Atletiko"ga ko'nikish jarayonida. Ammo, yakunda biz ishongan narsani olishimizga shubha qilmayman. Uning borligi - bizning omadimiz. Biz har bir o'yinchi ko'nikishi kerak bo'lgan yo'ldamiz. Bu nafaqat Grizmann, balki Rodrigo de Paulga ham tegishli.
Antuan juda yaxshi o'ynadi. U bizga ko'proq stabillik berish uchun jamoaga keldi", - deydi Simeone.
O’xshash yangiliklar
03:15
Bir oy oldin Vinisiusga qizil kartochka ko'rsatgan hakam "Real" - "Atletiko" bahsiga tayinlov oldi 74
Fikrlar