Simeone Grizmann haqida: "Ko'nikish ketmoqda. Hozirgi "Atletiko" u ketgan paytidan farq qiladi"

Alisher
22 sen 2021, 15:01
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasidagi "Xetafe" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng hujumchi Antuan Grizmanning o'yini haqida gapirdi.

Fransiyalik futbolchi "Barselona"dan qaytganidan beri 4ta o'yinda birorta gol yoki assistni amalga oshira olmadi.

"Barchasi joyida. U qaytishdan juda mamnun bo'ldi.

U ayni damda ketgan paytidan farq qiladigan hozirgi "Atletiko"ga ko'nikish jarayonida. Ammo, yakunda biz ishongan narsani olishimizga shubha qilmayman. Uning borligi - bizning omadimiz. Biz har bir o'yinchi ko'nikishi kerak bo'lgan yo'ldamiz. Bu nafaqat Grizmann, balki Rodrigo de Paulga ham tegishli.

Antuan juda yaxshi o'ynadi. U bizga ko'proq stabillik berish uchun jamoaga keldi", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports Max