Simeone Feliksning qolishini istaydi
13 noy 2022 10:29
Yangiliklar
Simeone Feliksning qolishini istaydi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone futbolchi Joau Feliksni jamoada saqlab qolishni talab qilmoqda.
Takidlash joizki, portugaliyalik futbolchi Franciyaning PSJ klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Madrid klubi ustozi esa Feliksning jamoada qolishini xohlashini yashirib o'tirmadi:
"Joau bizdagi hujumchilar orasida eng ko'p gol urgan o'yinchilardan biri, uning hisobida hozircha 3 ta gol mavjud. Uning o'z maqsadlari bor va umid qilamanki, u biz bilan davom etadi. U o'zi juda ko'p marta ko'rsatgan darajasida o'ynashda davom etishidan umidvorman. Eng muhimi, uning maqsadi borligi va uning bizga kerak ekanligi”.
23 yoshli futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar kuchda bo'ladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Feliksning transfer bahosi 50 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar