Simeone: "Feliks hali ham mendan g'azablanmoqda"
07 mar 2022 11:38
Yangiliklar


Simeone: "Feliks hali ham mendan g'azablanmoqda"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Betis"ga qarshi Ispaniya chempionati 27-tur doirasidagi o'yindan so'ng Joau Feliks haqida gapirdi.
Madridliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi, portugaliyalik forvard esa dubl qayd etdi.
"Barcha odamga vaqt kerak. Joau undan biz so'rayotgan barcha ishni qilmoqda, shuningdek iqtidor va ishni birlashtirmoqda. Unda barchasi juda yaxshi. U hali ham mendan g'azablanishda davom etmoqda, ammo vaqt o'tishi bilan barchasini tushunadi", - deydi Simeone.
Feliks joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar