Simeone dunyoning eng kuchli darvozaboni kim ekanligini aytdi
01 iyu 2021 12:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640111_original.jpg)
![](/upload/storage/640111_220.jpg)
Simeone dunyoning eng kuchli darvozaboni kim ekanligini aytdi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa darvozaboni Yan Oblakning darajasini yuqori baholadi.
"Yan - dunyoning eng kuchli darvozaboni. U so'nggi yillar davomida eng kuchli posbon bo'lib kelmoqda. Oblak juda tez o'sdi, ushbu o'yinchi aqlbovar qilmas sovuqqonlikka va sheriklariga o'ziga bo'lgan ishonchni bera oladigan o'yinchi.
Sovrinlarga harakat qilayotgan jamoaga aynan shu kerak. CHempion jamoalarning tarkibida doim yaxshi darvozabon bo'lgan", - deydi argentinalik.
28 yoshli sloveniyalik posbon o'tgan mavsum La Ligada 38ta o'yinda maydonga tushib, ularning 16tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar