Simeone: "De Paul "Atletiko"ga o'tishni xohladi"
21 iyu 2021 17:38
Yangiliklar
Simeone: "De Paul "Atletiko"ga o'tishni xohladi"
"Atletiko" bosh murabbiyi "Udineze"dan yarim himoyachi Rodrigo De Paul transfer qilingani haqida gapirdi.
"U menga qo'ng'iroq qildi va "Atletiko" u o'tishni xohlayotgan yagona jamoa ekanligini aytdi. Men unga u bilan 20 kundan so'ng uchrashishimizni aytdim va mana, Rodrigo shu erda.
Bizga shunday o'yinchilar kerak. Bugun yarim himoyachining vazifasiga faqatgina pas berish kirmaydi, balki gollar urish ham kiradi", - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" De Paul uchun "Udineze"ga 35 million evro to'ladi. Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar