

Seshanba kuni madridliklar "Yuventus"ga mag'lub bo'lib, YCHLni tark etishgandi.
"Ushbu klubdagi faoliyatim davomidagi eng yomon hafta emas. Eng yomoni 2016 yilda Milanda YCHL finalida "Real"ga mag'lub bo'lganimiz bo'lgan.
Biz har doim kurashga o'rganib qolganmiz. Endi tomosha qilish va shu orqali nimalarnidir o'rganish vaqti keldi.
Umuman olganda o'tgan 7 oy mobaynida biz LaLigada o'zimiz uchun yaxshi poziciyani saqlab qolganmiz.
Turindagi o'yindan keyin bizga oson bo'lmayapti. Ammo o'shanda ikkinchi bo'lim menga yoqqandi. Yanada kuchliroq bo'lishimizga ishonaman", - dedi Simeone.



