Simeone Aspilikuetani "Atletiko"da ko'rmoqchi
26 apr 2021 01:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633723_original.jpg)
![](/upload/storage/633723_220.jpg)
Simeone Aspilikuetani "Atletiko"da ko'rmoqchi
"CHelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta klubini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchini "Atletiko" diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" ustozi Diego Simeonening shaxsan o'zi 31 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining "aristokratlar" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi va bu yozda himoyachi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. "CHelsi" hali futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasida gaplashmagan.
Aspilikueta joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 35 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
Transfermarkt tahliliy portali uni 17 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar