Simau: "Agar "Atletiko" ota, "Barselona" ona bo'lsa, "Atletiko"ga muxlislik qilaman"
13 apr 2016 11:41
Yangiliklar
Simau: "Agar "Atletiko" ota, "Barselona" ona bo'lsa, "Atletiko"ga muxlislik qilaman"
"Barselona" va "Atletiko" sobiq futbolchisi Simau Sabroza bu ikki jamoa o'rtasidagi CHempionlar ligasi chorak final bahsi borasida fikr bildirdi.
"Kimga muxlislik qilaman? Agar "Atletiko" - ota, "Barselona" - ona bo'lsa, "Atletiko" tarafdaman. Birinchi bahsda "Atletiko" Torres chetlatilishidan oldin ustunlik qilayotgan edi. "Barselona"ga keladigan bo'lsak, ularda o'yin g'oyasi yo'qdek ko'rindi. Ammo keyin hammasi o'zgardi va "Barselona" kuchliroq bo'ldi" - deydi Simau.
Fikrlar