Silva "CHelsi"ga o'tadi. Muzokaralar - yakuniy bosqichda
21 avg 2020 19:43
Yangiliklar
Silva "CHelsi"ga o'tadi. Muzokaralar - yakuniy bosqichda
PSJning uzoq yillik sardori Tiago Silva faoliyatini "CHelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida The Athletic nashri jurnalisti Liam Tumi xabar qildi.
Takidlanishicha, o'yinchining erkin agent sifatida London klubi safiga qo'shilishiga kelishilgan. Ayni paytda braziliyalik himoyachining "aristokratlar" bilan imzolaydigan shartnoma muddati muhokama qilinmoqda.
35 yoshli Silvaning xizmatlariga "Fiorentina" ham befarq emas edi.
Fikrlar