So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Sifat Yangiliklar

Sifat

Teglar :  Superligasifat
Bizda futbol muxlislari asosan uch xil toifaga bo'linadi.

Birinchi toifa vakillari o'zbek futbolini deyarli kuzatmaydi. Ularga faqat evropa futboli qiziq. Ikkinchi toifa esa asosan o'zbek futboliga qiziqadi va tabiiyki kuzatib boradi. Mazkur toifa vakillari Evropa futbolini ko'p ham ishqibozi emas. Uchinchi toifa esa evropa va o'zbek futbolini birdek kuzatib boradi. Mazkur toifa vakillarida evropa hamda o'zbek futbolini taqqoslash va solishtirish uchun nisbatan xolis fikr shakllanadi.

Birinchi toifa vakillari nega o'zbek futbolini kuzatmaydi? Bunga turli xil sabablar mavjud. CHempionat saviyasi, darajasi, intriga va hokazo. Bu taraflama ular doim futboldan zavqlanish uchun kuchliroq chempionatlarga murojaat qilishadi. CHunki evropada futbol sifati va futbolcha madaniyat ancha kuchli.

Ikkinchi toifaga mansub muxlislarni asosan o'zimizning futbol qiziqtiradi. Ular Evropa milliy chempionatlari o'yinlari vaqtida ham o'zbek futbolida bo'layotgan bahslarni birinchi o'ringa qo'yishgani tufayli doim stadionda vaqtlarini o'tkazishadi. Qachonki o'zbek futbolidan ortib qolishsagina televizor qarshisidagi boshqa chempionat o'yinlarini tomosha qilishlari mumkin. Bir so'z bilan aytganda, haqiqiy jaydari, jonkuyar, sodiq va fidoiy futbol muxlislari. Ularga ko'proq jonli futbolni ko'rish zavqi qiziqroq, o'z suyuklilari haqida ko'proq qayg'urishadi. Ichki mavjud intrigani ko'proq qadrlashadi. Hammaning tabi har xil.

Uchinchi toifa muxlislar esa imkon qadar barcha o'yinlarni parallel kuzatib borishga, vaziyatga qarab o'yinlarni tanlashga intilishadi. Uchrashuvlar qiymati, ahamiyati va qiziqligi darajasidan kelib chiqib o'z qiziqish va ishqibozliklaridan kelib chiqib futbol tanlashadi.


Uch xil toifaga mansub ishqibozlarning talabi va didi har xil. Birinchi toifadagilarning talabi o'ta yuqoriligi sabab  bizdagi nisbatan ancha g'arib o'yinlarni kuzatish istagi yo'q. Ikkinchi toifa vakillari esa talabdan ko'ra jonkuyarlikni birinchi o'ringa qo'yishadi. SHu boisdan ham ular futbolchilar tomonidan taklif etilayotgan o'yinlarni tomosha qilib borishmoqda. Aynan o'shalar tufayli har doim stadionlarimiz garchi xuvillab qolgan taqdirda ham haqiqiy fidoiy va sodiq muxlislar tufayligina ko'p bo'lmasada doim ishqiboz to'plab turadi. Ayniqsa oxirgi 10 yil ichida mazkur toifaga mansub ishqibozlar hurmati o'zbek futboli "yo'qolib" qolgani yo'q. Har holda juda oz bo'lsada stadionlarda doim muxlislar topilib turgan. Uchinchi toifadagilar esa doim o'yin tanlash imkoniyatidan foydalanib kelishgan. O'yin markaziyligi, principialligi va qiziqarliligi bilan ularni jalb eta oladi.

Bu yildan futbolimizga bo'lgan qiziqish muxlislar tomonidan nisbatan o'sdi. Tabiiy ravishda. O'tgan yilgidek yuzaki va suniy muxlislarni chorlash ancha pasaygani va muxlislar nihoyat o'zlari futbol ko'rish uchun stadionga kelishayotgani qog'ozdagi raqamlarda emas, balki o'yin davomida tribunalar jonli to'layotganidan ko'rinib turibdi.

Bu borada uchinchi toifadagi muxlislarda tanlov ancha kengaydi va shu boisdan ham chempionatning ilk o'yinlarida stadionlarda nisbatan tashrif ko'paydi. Hozircha birinchi toifaga mansub muxlislarning ko'p qismini o'zbek futboliga jalb etish qiyinroq. Ularning talabi katta va jiddiyroq. Hozirgi sharoitda ularni to'liq jalb etishning imkoni yo'q. Lekin ikkinchi toifadagi muxlislarni ko'proq jalb etishni uddalayotgan futbolimiz shu yo'ldan to'g'ri ketishni davom ettirsa, yaqin orada birinchi toifadagi muxlislarning etiborini ham qozonish imkoniyati tug'iladi.

Endi maqola sarlavhasi haqida to'xtalaman. Nega sifat deb nomlandi? CHunki aynan maydonlarimizning sifatli holatga kelayotgani tufayligina muxlislar istaydigan va asosan evropada tomosha qiladigan chiroyli kombinacion o'yinlar, sifatli futbol va qiziqarli o'yinlarni ko'paytira olishimiz mumkin. Nihoyat bu yildan etiboran PFLning maydon sifati alohida jiddiy talab bilan etibor qaratgani natijasida deyarli barcha stadionlarning maydon sifati keskin yaxshilanmoqda. Aynan maydon sifati barcha joydagina yaxshi holatga kelsagina keyinchalik jamoalarimiz ko'rsatadigan futbol sifati ham o'z-o'zidan o'sadi.

O'tgan yili SHota Arveladzening Namangandagi maydon holati haqida gapirgan gaplari ko'plab trollarga sabab bo'ldi. Namanganda va safarda chiqqanda "Paxtakor"ning o'yinlari qovushmaganiga ko'pchilik futbol tushunchasi nisbatan pastroq odamlar buni jamoaning kuchi yoki murabbiyning nunoqligi bilan baholadi. Yoki "Navbahor" nega uyida taslim etib bo'lmas degan savolga muxlislaridan tashqari maydon holatining yomonligi ham ularning foydasiga ishlashi haqidagi gapim kulguga qoldi. O'shanda kulganlar bo'ldi. Lekin aslida vaziyat qandayligini mana jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis keliboq tan oldi. Jamoa polizda shug'ullanayotganini aytib, oddiy maydoni yo'q jamoaning maqsadi haqidagi savolga ham noo'rinligini takidladi. Mo'minjonovning mehnatlarini kamsitmagan holda jamoaning asosiy "quroli" sifatida raqibning ular ko'nikkan maydonda futbol o'ynolmasligi faktori muhim o'rinlardan biriga chiqqani asta-sekin hammaga ayon bo'ldi.

CHiroyli, qiziqarli va shiddatkor futbolni talab qilish yaxshi. Lekin buning uchun oddiy elementar narsa ideal maydon kerak bo'lishini biz unutgandik. Bu haqida gapirgan murabbiy yoki futbolchilarni bahona yoki boshqa vajlarni keltirib maydon haqida gapirganlarning og'zini "yopishga" urinardik. Bu yildan esa nihoyat mazkur muammoga juda katta etibor qaratildi. Ko'pchilikka garchi vodiy jamoalarining vaqtincha maydonsiz qolayotgani muammo tug'dirayotganini inobatga olsak ham, PFL bu vaziyatga alohida etibor qaratgani butun futbolimiz foydasiga ishlashini inkor etib bo'lmaydi.

Nega ko'pchilikka "Nasaf" jamoasining ko'rsatayotgan futboli yoqadi? Barcha ishqibozlar "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlarda futboldan zavq olishgani yozishadi. Garchi har yili jamoadan etakchilar ketsa ham "Nasaf"ning o'yin uslubi va ko'rsatayotgan futbol sifatiga putur etmaydi. To'g'ri, bunga jamoada akademiya borligi va Ro'ziqul Berdievning aniq yo'nalishi asosida jamoa o'z uslubi va falsafasiga ega bo'lgani asosiy sabablardan biri. Lekin Berdievning eng katta yutug'i va talabi shundaki, murabbiy istagan va uning falsafasiga mos bo'lgan futbol uchun avvalo sifatli maydon kerak. SHu boisdan ham Qarshidagi maydon sifati doim ideal holatda bo'ladi. Buni avvalo Berdievning o'zi nazorat qiladi. Arveladze kelgach "Paxtakor"da ham bu narsa birinchi o'ringa chiqdi. Qosimov xohlaydigan futbol uchun ham avvalo sifatli maydon kerak. Nafaqat o'yin o'tkazish uchun, balki mashg'ulotlarni o'tashda ham sifatli maydonga ehtiyoj seziladi. Lekin bu jamoalar o'z uylarida yaxshiroq va safarda boshqacha o'ynashadi. CHunki qolgan maydonlarning holati bir ahvol. Qachonki agarda barcha jamoalarimiz o'yin o'tkazadigan maydonlar va mashg'ulotlar maydoni holati sifatli holga keltirilsa, keyin chempionat o'yinlarimiz ham butkul boshqacha darajada o'tadi. SHundagina jamoalarimiz ham sifatli va kombinacion futbol namoyish etishga o'rganishadi.

Aslida Superligada maydon holati muammo bo'lib kelganining o'zi uyatli. Lekin yillar davomida klublarimiz va futbolimizdagi bosh tashkilot ushbu muammoga echim topa olmagani, ayniqsa etiborsizlik bilan qaragani "mevasi" bu.

Nihoyat bu yildan ahvol yaxshilanmoqda. Bu ishni bolalar futbolidan boshlab, Ikkinchi liga, Pro-liga va albatta Superligada silliq davom ettirilsa, yaqin yillar ichida chempionatimiz o'yinlari sifati ham ancha ko'tariladi. Sifatli va chiroyli futbol ko'rsatish uchun avvalo murabbiy va futbolchilarga shunga monand sharoit yaratish lozim. Biz esa ularga minimum va majbur bo'lingan sharoitni endigina to'liq yaxshilashga o'ttik.

Ishoning, qachonki mazkur muammo to'liq o'z echimini topsa, avvalo Sizning jamoangiz, boshqa jamoalar ham siz va biz istagan futbolni ko'rsatishni boshlaydi. Keyin talabi yuqori va nozik muxlislar ham o'zbek futbolida o'zlari istagan futbolni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

SHu boisdan ham barcha ishda son emas, avvalo sifat muhim. Sifatni yaxshilash orqali maqolaning dastlabki kirish qismida tilga olingan birinchi toifadagi muxlislarni jalb etishni uddalasa bo'ladi. Qog'ozdagi songa aldanmasdan sifatga etiborli bo'lish foydaliroq.

Muallif :
Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика