Sichev ayni paytda sayyoradagi eng kuchli hujumchi kimligini aytdi
28 mar 2020 00:37
Yangiliklar
Sichev ayni paytda sayyoradagi eng kuchli hujumchi kimligini aytdi
Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dmitriy Sichev Kviz Who is viktorinasi savollariga javob bera turib, 19 yoshli Erling Xolandni ayni paytda sayyoramizning eng kuchli hujumchisi deya atadi.
“Xoland maydonda amalga oshirayotgan ish – men so'nggi vaqtlarda bundan yaxshiroq harakatlanayotgan hujumchini ko'rmagandim. U nafaqat gollari balki ajoyib statistikasi bilan ham barchani hayratda qoldirmoqda.
Tezkorlik, vaziyatni uqiy olish va mohir to'purarlarga xos xislat – bularning barchasi bu yigitda jamlangan. Va bundan buyog'iga ham u yanada yaxshiroq hislatlarini namoyish etib bormoqda”, deydi rossiyalik sobiq futbolchi.
Xoland “Borussiya” safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va ikkita golga hammualliflik qildi. Norvegiyalik futbolchi mavsum boshidan buyon o'zi to'p tepgan barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 40 ta gol urishga ulgurdi.
Fikrlar