SHyurrlening so'zlarini noto'g'ri tushunishdi
06 fev 2019 11:45
Yangiliklar


SHyurrlening so'zlarini noto'g'ri tushunishdi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi, ayni damda ijara asosida "Fulxem" sharafini himoya qilayotgan Andre SHyurrle OAVni uning so'zlarini noto'g'ri tarjima qilishda aybladi.
Oldinroq, "Fulxem" CHempionshipga tushib ketsa, futbolchi Germaniyaga qaytib ketishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
"Fulxem" muxlislari! Iltimos, men haqimda yozayotgan gazetalarga ishonmang. Mening gaplarimni noto'g'ri tarjima qilib, shosh-shuvli sarlavha qo'yishgan" - deydi SHyurrle "Tvitter"da.
SHyurrle va "Fulxem" o'rtasidagi ijara bitimi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar