SHveycariya ikkinchi divizionidan evrokubokka. “Vaduc” haqida nimalarni bilishimiz kerak? (Mutolaa uchun)
02 sen 2022 13:50
Yangiliklar
SHveycariya ikkinchi divizionidan evrokubokka. “Vaduc” haqida nimalarni bilishimiz kerak? (Mutolaa uchun)
Mana masalan Norvegiyaning shimoliy kichik shaharchadan kelgan "Budyo-Glimt" guruh bosqichida "Roma"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi, pley-offda "Seltik" va AZdan o'tib, chorak finalga chiqdi. Kichkina Gibraltar klubi guruh bosqichiga yo'l olish ham mana shunday fikrlarimizga tasdig' bo'la oladi.
Konferenciya ligasining 2022/2023 yillar mavsumida SHveycariya ikkinchi divizioni ishtirokchisi “Vaduc” ishtirok etmoqda. Aslida “Vaduc” Lixtenshteyn jamoasi. Ammo malum sabablarga ko'ra, ular qo'shni mamlakat chempionatida ishtirok etmoqda.
“Vaduc” musobaqadagi yurishini 2-caralash raundida Sloveniyaning “Koper” (ikki o'yin natijasiga ko'ra, 2:1), Turkiyaning “Konyaspor” (5:3) va Venaning “Rapid” jamoalaridan ustun keldi.
Jamoa “Rapid” bilan o'z maydonida 1:1 hisobida durang o'ynadi. Javob uchrashuvida esa, o'ta chiroyli kombinaciyadan keyin amalga oshirilgan tezkor gol evaziga guruh bosqichga yo'llanma oldi. SHveycariyalik turk o'g'loni Tunaxan CHichekning tovon bilan amalga oshirgan uzatmasi g'alabani tamilandi.
Tanaffus arafasida “Tottenxem” va “Stok Siti” klublarida to'p surgan himoyachi Kevin Vimmer o'yin qoidasini buzib, maydondan chetlatildi. Natijada, ular o'zlariga kerakli bo'lgan hisobni saqlab qoldi va vazifani bajarishdi.
"Vaduc" SHveycariya chempionatida o'ynaydi, evrokubok musobaqalari yo'llanmasini esa Lixtenshteyn Kubogi orqali qo'lga kiritdi. CHunki ularning mamlakatida boshqa musobaqa yo'q
UEFA tarkibida 55 ta milliy associaciya jamlangan ularning faqat bittasi o'z chempionatiga ega emas. Gap dunyoning eng kichik 6 davlatidan biri bo'lgan Lixtenshteyn borasida aytilmoqda.
Knyazlik hududida hammasi bo'lib, 7 ta futbol jamoasi ro'yxatga olingan. SHundan kelib chiqib, mamlakat futbol associaciyasi o'z chempionatini o'tkaza olmaydi. Natijada klublar “mehmon ishtirokchi” maqomida SHveycariya futbol tizimida faoliyat yuritadi.
“Vaduc” so'nggi ming yillikning 5ta mavsumini SHveycariya Superligasida o'tkazdi. Oxirgi marta 2020/21 yilgi mavsumda. Jamoa asosan ikkinchi divizionda ishtirok etadi. Buning uchun klub SHveycariya FIga taxminan 170 ming evro to'laydi. Nazariy jihatdan, “Vaduc” hatto SHveycariya chempioni bo'lishi ham mumkin, ammo evrokubok musobaqlarida ishtirok eta olmaydi.
Xo'sh, unda klub qanday qilib evrokuboklarga yo'l oladi? Lixtenshteyn o'zining yagona kubogiga ega, uning g'olibi evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Yaqin-yaqingacha Lixtenshteyn kubogi sohibi xalqaro ishtirokini ELning saralash bosqichidan boshlardi. Endilikda KL saralashiga yo'l olmoqda.
“Vaduc” - o'z tarixiga ega klub. “PSJ”ga 0:7 hisobida engilgan, shotland klubiga esa, alamli tarzda yo'llanmani boy bergan
Mazkur jamoa Lixtenshteyn kubogining asosiy favoriti deyish mumkin: 1997/98 yilgi mavsummdan buyon “Vaduc” bor-yo'g'i bir marta kubokni qo'lga kirita olmagan - 2012/13 yilgi finalda penaltilar seriyasida “Eshen-Mauren”ga imkoniyatni boy bergan. Jamoa hisobida 48 ta kubok bor. Klubning eng yaqin taqibchisida kuboklar soni 11tani tashkil qiladi. O'z vaqtida jamoa libosida darvozabon Yan Zommer va hujumchi Marko Devich to'p kabi yulduzlar to'p surgan.
Saralash bosqichlari ushbu jamoa uchun jiddiy muammo hisoblaradi. Jamoa xalqaro musobaqada so'nggi marta 1996 yilda qatnashgandi. O'shanda u Kublk egalari Kubogi turnirida Riganing “Universitate” klubini penaltilar seriyasida mag'lub qilgandi. Keyin esa tarkibida Leonardo, Bernard Lama va Pol Le Guendek futbolchilari bor “PSJ”ga duch kelgandi. Kamtarin jamoaning parijliklarga kuchi etmagan va 0:4, 0:3 hisobidagi mag'lubiyatlarni qabul qilib olgandi.
2002 yilda Lixtenshteyn klubi UEFA kubogi saralashidan o'tishga juda yaqin kelgandi. Mehmonda urilgan gol ustunligi evaziga guruh bosqichida SHotlandiyaning "Livingston" jamoasiga yutqazib qo'ygandi. O'z maydonida 1:1 hisobida o'ynagan, mehmonda 0:0 hisobidagi mojaroli durangni o'ynagan.
Nega mojaroli deyishingiz mumkin? Sababi mehmonlar o'yinning qo'shimcha daqiqasida burchak zarbasini amalga oshirishgan va gol urishgandi. Biroq xorvatiyalik hakam Ivan Novak aynan “Vaduc” futbolchisi darvozaga zarba yo'llagan paytda final hushtagini chalgandi.
Undan keyingi yillarda evrokubok musobaqalarining saralash bosqichlari yanada murakkab ko'rinish olgan. Jumladan, 2004 yilda saralash bosqichlari soni ko'paydi. SHundan keyin klub EL yo'llanma olishi qiyinlashdi. Lekin KLda ishlari yomon emas. Endilikda jamoaning shinam stadioniga UEFAning eng qiziqarli va noyob musobaqasi tashrif buyuradi.
Darvoqe, “Vaduc” evrokubok musobaqalaridagi yagona 2-divizion ishtirokchisi emas. Oxirgi shov-shuvli voqeaga 2013/2014 yillar mavsumida “Uigan” sababchi bo'lgan. O'sha vaqtda jamoa APLda omadsizlikka uchrab, CHempionshipga tushib ketgandi. Lekin Angliya kubogini qo'lga kiritishi oqibatida xalqaro arenada to'p surgan.
Hatto SHveycariya chempionati uchun ham yangilik emas. Mana masalan ikkinchi divizion vakili “Lozanna” SHveycariya kubogi finalchisi sifatida EL saralashida qatnashgan va guruh bosqichini 1 ochko bilan so'nggi o'rinda yakunlagan. Lekin jamoa saralashning pley-off bellashuvida Moskvaning “Lokomotiv” (ikkita o'yinda 1:1 hisobida g'alaba qozondi va penaltilar seriyasida g'alaba) klubidan ustun kelgan.
Samandarbek tarjimasi
Fikrlar