SHveycariya klubining yarim himoyachisi 50 yilga diskvalifikaciya qilindi
20 noy 2014 11:20
Yangiliklar


SHveycariya klubining yarim himoyachisi 50 yilga diskvalifikaciya qilindi
CHetlatish 2064 yil 5 iyunda yakuniga etadi.
SHveycariya chempionatining "Portugal" va "Vorb" o'rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvi o'tmoqda. "Portugal" yarim himoyachisi o'yinni zaxira o'rindig'id boshlaydi. Bahs tugaganligi haqida xushtak chalinadi va mezbonlar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchraydi. O'sha paytda barchaning diqqat markazida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Ferreyra bo'ladi. U yaqin masofadan bor kuchi bilan hakamning yuziga to'p bilan zarba beradi. SHok holatiga tushgan referi futbolchiga qizil kartochka ko'rsatadi va o'zi kiyinish xonasiga yo'l oladi. Bu bilan cheklanmagan Ferreyra hakamga etib olib, uni so'kishni boshlaydi va referining ustidan idishdagi suvni quyib yuboradi. Agar uning jamoadoshlari futbolchini ushlab qolmaganida bundanda yomonroq holat bo'lishi mumkin edi.
Nega aynan 50 yil? Umuman olganda SHveycariya futbol federaciyasi Ferreyrani bir umrga chetlatishmoqchi edi. Ammo jazo muaddatini aniqlab beruvchi dasturga ko'ra, diskvalifikaciya muaddati aniqlandi. 2064 yil.

Fikrlar