SHveciya bosh murabbiyi: "Ronalduga qarshi ikki himoyachi o'ynashi kerak"
11 noy 2013 22:51
Yangiliklar


SHveciya bosh murabbiyi: "Ronalduga qarshi ikki himoyachi o'ynashi kerak"
SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Xamren JCH-2014 pley-off bosqichidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi o'yinlardan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- SHubhasiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning eng xavfli futbolchisi, unga qarshi doim ikki himoyachi o'ynashi lozim. Ammo Portugaliyada boshqa futbolchilar ham bor. Agar Ronalduga haddan tashqari ko'p etibor berib yuborsak, boshqa futbolchilar ko'proq imkoniyatga ega bo'lib qolishadi, bu noto'g'ri. Quvonarlisi raqiblarimiz Zlatan Ibragimovichdan ham xuddi shunday tarzda qo'rqishadi, shu bois bizda ham imkoniyat bo'ladi, - deydi Xamren Goal.com nashriga.

Fikrlar