SHunaqasi ham bo'ladimi? "Anji" o'z stadionida mashg'ulot o'tkaza olmayapti
26 noy 2018 17:41
Yangiliklar
SHunaqasi ham bo'ladimi? "Anji" o'z stadionida mashg'ulot o'tkaza olmayapti
"Rubin"ga qarshi bahsdan oldin "Anji Arena" ijarasi uchun pul to'lanmaganligi tufayli "Anji" ushbu arenada mashg'ulot o'tkaza olmaydi.
"Anji" futbolchilari bugun mashg'ulot o'tkaza olishmadi, ularni maydonga kiritishmadi.
Maxachkalaliklar mavsum boshidan beri jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishmoqda. Futbolchilar CSKAga qarshi bahsda boykot qilishi aytilgan edi, ammo ular maydonga chiqishdi. "Ufa"ga qarshi yoshlar chempionati o'yiniga "Anji" avtobusda yo'l oldi.
Oldinroq, "Anji" bosh murabbiyi Magomed Aliev futbolchi va murabbiylar joriy mavsum maosh olmaganini aytgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Anji"da O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar