So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  5 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

SHukurov "Xoffenxaym"ga, Boltaboev "Monako"ga yoxud yoshligida xorijga keta olmagan o'zbekistonlik iqtidorlar Yangiliklar

SHukurov "Xoffenxaym"ga, Boltaboev "Monako"ga yoxud yoshligida xorijga keta olmagan o'zbekistonlik iqtidorlar

Joriy mavsumda 17 yoshni qarshi olgan Jasur Jaloliddinov Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga yo'l olganini yaxshi bilasiz. O'z vaqtida bunday imkoniyat qator futbolchilarimizda ham yuzaga kelgandi.

Biroq, malum sabablarga ko'ra o'z vaqtida Osiyo chempionati, Jahon chempionatida porlagan futbolchilarimiz xorijning kuchli jamoalari qiziqishi doirasiga tushganiga qaramasdan yakunda o'zimizning ichki chempionatimizda qolish bilan kifoyalanishga majbur bo'lishgandi. Gohida klublar o'z futbolchilarini qo'yib yubormagan bo'lsa, ayrim hollarda transfer masalalari bo'yicha kelisha olishmaganligi haqida ko'p bor eshitganmiz. Nima bo'lganda ham o'zining iqtidorini erta namoyon qilgan futbolchilarimizni kuchli chempionatlarga yuborish terma jamoalarimizning foydasiga ishlashi tabiiy edi. Lekin, klublar ham o'z futbolchisining ortidan malum bir miqdorda moddiy daromad olishni istashadi. Buni to'g'ri tushunamiz. Ushbu holatga taniqli yoshlar murabbiyi Dilshod Nuraliev o'z munosabatini bildirib o'tgan edi.

"Mutahassis sifatida nima deyishim mumkin? Har bir futbolchining o'z jamoasi bor. Rahbariyat bor. Ayrim klublar juda katta moliyaviy talab qo'yishgan bo'lishi mumkin. Jamshid Boltaboev “Monako”ga borib kelgan, Otabek SHukurov Germaniyaga borib keldi. Doston Hamdamov ham ko'rikda bo'lib keldi. Ularni nima uchun klub qo'yib yubormaganini aytish vakolatimga kirmaydi. Agarda o'z vaqtida kuchdi klublarga qo'yib yuborilganida milliy terma jamoamiz uchun foyda bo'lardi. Faqat o'yin amaliyotiga ega bo'lsagina. O'ynamasdan zaxirada o'tirgandan ko'ra o'zimizda to'p tepgani afzalroq". Mutaxassis fikrini o'qidingiz. Bundan avvalgi yillarda ko'plab futbolchilarimizga xorijlik skautlar tomonidan qiziqishlar bo'lgani rost. Keling ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.

SHerzod Karimov - "Rubin" (Rossiya)

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo va Jahon chempionatlarida o'zini ko'rsata olgan, haqiqiy etakchilarga hos harakatlari, tezligi va driblingi bilan ko'pchilikning etiborini qozongan edi. SHu qatori bir qancha xorijliklarning ham nigohini o'ziga qaratgandi. Ayniqsa Misrdagi Jahon chempionatidan so'ng unga ko'plab xorij jamoalari og'iz solishgani bor gap. Hususan Qozonning "Rubin" jamoasi bosh murabbiyi Qurbon Berdiev terma jamoa murabbiyi Ahmad Ubaydullaevga ushbu futbolchi yuzasidan murojaat qiladi. Lekin, Ubaydullaev turkmanistonlik murabbiyga shogirdi hali yoshligini va yana o'zini ko'rsatishi kerakligini takidlaydi. Bizga malum bo'lgani hozircha shu. Eshitishimizga qaraganda terma jamoaning yana ayrim azolariga Greciya, Turkiya, BAA chempionatlaridan chorlovlar bo'lgan. O'sha paytda bugungidek agentlik kompaniyalari rivojlanmagani ham ularning xorijga ketishiga to'sqinlik qilgan bo'lishi mumkin.



Otabek SHukurov - "Xoffenxaym" (Germaniya)

2013 yil BAAda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng Otabek SHukurovga Germaniyaning nomdor "Xoffenxaym" jamoasi jiddiy qiziqish bildiradi. O'zbekiston milliy terma jamoasining mahoratli yarim himoyachisi o'sha vaqtda hatto Germaniyaga ko'rikdan o'tish uchun borib kelgandi. Klubning yoshlar jamoasi Myunxendagi yig'in chog'ida futbolchimizni ham sinovdan o'tkazadi. Malum muddat ushbu klubda mashg'ulotlarda qatnashgan SHukurov bir nechta nazorat bahslarida ham maydonga tushishga ulgurganini o'z intervyularining birida aytib o'tgan edi. Barchasi ko'ngildagidek kechayotganda nima uchundir bu ish yakuniga etmay qolgandi. 

Otabek SHukurov: "Xoffenxaym" klubi ko'rigida bo'lib qaytdim

Jamshid Boltaboev - "Monako"

Ushbu avlod vakillaridan biri bo'lgan Jamshid Boltaboevga ham amirlikdagi mundialdan keyin taklif bo'lgandi. U  Franciyaning "Monako" klubiga yo'l olishi kutilgan edi. Ko'rikdan o'tish uchun borgan iqtidorli yarim himoyachining harakatlari "Monako" jamoasi murabbiylarida yomon taassurot qoldirmaydi. Ammo, hujjatlashtirish va boshqa sabablarga ko'ra "Paxtakor"da qolib ketdi. Esingizda bo'lsa Jahon chempionatida guruh bosqichi uchinchi turida "Xorvatiya" darvozasiga urilgan ajoyib gol muallifi Jamshid Boltaboev bo'lgandi. Salohiyati yuqori baholangan futbolchidan ko'p narsalar kutilgan edi. Jarohat sabab bir mavsumni o'tkazib yubordi. O'tgan mavsumda esa "Sug'diyona" safida o'zining avvalgi sport formasiga qaytdi. 


Akrom Komilov -  "Red Bull Zalsburg" (Avstriya)

Ushbu futbolchimizga boshqalarga qaraganda xorijda o'ynab ketish imkoniyati bir muncha yuqori edi. Dastlab "Red Bull Zalsburg" kubiga ko'rikdan o'tish uchun borgan Akrom Komilov ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Murabbiylarda ham chakki taassurot qoldirmagani sabab calsburgliklar bilan shartnoma imzolashga juda yaqin kelgandi. SHaxsan klub prezidentining o'zi hamyurtimizni jamoada qolishini istagan. Barchasi ko'ngildagidek ketayotganida "Bunyodkor" jamoasi o'z futbolchisini qo'yib yuborishga qarshilik qilgan. Agarda "Bunyodkor" rozilik berganida o'sha kunning o'zidayoq shartnoma imzolanishi kerak edi. 

Akrom Komilov: "Red Bull Zalsburg"ga qo'yib yuborishmaganidan afsuslanaman



Biz yuqorida faqat ayrimlarinigina sanab o'tdik, xolos. Aslida ularning soni juda ko'p. Timur Hakimov "Zenit" qiziqishlari doirasiga tushib qolgani haqida eshitgan edik. Zabixillo O'rinboev esa "Napoli" ko'rigida bo'lganligini takidlash joiz. Menimcha, o'zini ko'rsatgan iqtidorli futbolchilarimizga to'g'ri yo'nalish bergan holda xorij jamoalariga transfer qilish darkor. Birinchidan agarda o'zini ko'rsatib o'ynab ketsa terma jamoamizga foyda. Masalan Eldor SHomurodov "Bunyodkor"da qolganida hozirgi darajasiga chiqmasligi mumkin edi. Ikkinchidan klubni o'zi uchun ham moddiy tomondan foyda keltiradi. Uchinchidan esa futbolchi o'zining sifatlarini kuchaytirib olishga erishadi. Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga o'tishi qay darajada foydali ekanligini bilish uchun biroz vaqt kerak. So'zimni yana Dilshod Nuralievning yuqoridagi fikrlari bilan tugataman. 

"Har bir futbolchining o'z jamoasi bor. Rahbariyat bor. Ayrim klublar juda katta moliyaviy talab qo'yishgan bo'lishi mumkin. Jamshid Boltaboev “Monako”ga borib kelgan, Otabek SHukurov Germaniyaga borib keldi. Doston Hamdamov ham ko'rikda bo'lib keldi. Ularni nima uchun klub qo'yib yubormaganini aytish vakolatimga kirmaydi. Agarda o'z vaqtida kuchdi klublarga qo'yib yuborilganida milliy terma jamoamiz uchun foyda bo'lardi. Faqat o'yin amaliyotiga ega bo'lsagina. O'ynamasdan zaxirada o'tirgandan ko'ra o'zimizda to'p tepgani afzalroq"

Abdulaziz Iskandarov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика