SHukurov “Fenerbahche” darvozasini ishg'ol etdi
19 fev 2023 08:40
Yangiliklar


SHukurov “Fenerbahche” darvozasini ishg'ol etdi
“Fenerbahche”ga tegishli maydonda “sariq kanareykalar” va “Karagyumruk” o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Otabek SHukurov uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi va raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Bahsda 4:2 hisobida “Fenerbahche” g'alaba qozondi.
Andrea Pirlo shogirdlari ayni vaqt Turkiya Superligasida 21 o'yin o'tkazib, 26 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. “Fenerbahche” esa 45 ochko bilan 2-o'rinda turibdi. Fotihliklar keyingi uchrashuvini 4 mart kuni uyda “Sivasspor”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar