So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

SHukurali Po'latov: "Vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonish" Yangiliklar

SHukurali Po'latov: "Vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonish"

“Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda Farg'onaning “Neftchi” va Tojikistonning “Istiqlol” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda farg'onaliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Biz “Neftchi” himoyachisi SHukurali Po'latovdan o'yin haqida intervyu oldik.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday kechmoqda?
- Tayyorgarlik yaxshi ketyapti. Asosan jismoniy holatimizga etibor qaratilyapti, kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz. Bundan buyog'iga o'rtoqlik o'yinlari ko'p bo'ladi. Raqiblar bor, navbatdagi o'rtoqlik o'yinimiz Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

- Bugungi o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Bugungi raqibimiz kuchli jamoa o'tgan yili ham o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqqanmiz, bugungi bahs avvalgisidan ancha qiyin bo'ldi. Har bir o'yinga g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz, asosiysi muxlislarimiz uchun o'ynaymiz.

- Klub rahbariyati oldilarga qanday vazifa qo'ygan?
- Har bir o'yinda g'alaba qozonishimizni vazifa qilib qo'yishgan. Muxislarimiz ham g'alaba qozonishimizga o'rganib qolishgan. Rahbariyatimiz kuchli uchlikka kirishimizni oldimizga vazifa qilib qo'ygan. O'tgan yili biroz omad yetishmadi, yaxshi o'rinlarni olishimiz uchun bizda imkoniyat bor edi. 2016 yilgi mavsumda yanada yuqori o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.   

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика