So’nggi yangiliklar

07:56ЦСКА тасдиқлади  0 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  2 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  43 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  3 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  1 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10

SHukurali Po'latov: O'z oldiga aniq maqsad qo'ygan klubda o'ynashni xohladim Yangiliklar

SHukurali Po'latov: O'z oldiga aniq maqsad qo'ygan klubda o'ynashni xohladim

So'nggi yillarda “Neftchi” jamoasi himoya chizig'ida munosib o'yin ko'rsatib kelgan SHukurali Po'latov keyingi faoliyatini “Bunyodkor” bilan bog'ladi.
 Himoyachi “qaldirg'ochlar” bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

“Bunyodkor”ning yangi azosiga aylangan Po'latov bilan qisqacha suhbatlashdik.

- SHukurali, “Bunyodkor” jamoasini tanlashda nimalarni inobatga oldingiz?
- “Neftchi”dan “Bunyodkor”ga o'tishni albatta oldinga tashlangan qadam sifatida aytgan bo'lardim. Har bir futbolchi kuchli jamoada o'zini sinab ko'rishni istaydi. SHaxsan men o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadigan, doimo chempionlikka intiladigan klubda to'p tepishni xohladim. SHuningdek, “Bunyodkor” bilan Osiyo CHempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchiman.O'ylaymanki, bu borada “Bunyodkor” taklifini qabul qilib to'g'ri qarorga keldim.

- “Bunyodkor”ga o'tishdan avval kimlar bilan maslahatlashdingiz?
- O'z yaqinlarim – oilam va do'stlarimdan maslahat so'radim.

- Endi Siz yangi muhit va yangi jamoa bilan faoliyat olib borasiz. “Bunyodkor”dagi ilk taassurotlaringiz qanday?
- Ochig'ini aytsam, o'zim o'ylaganimdan ham ahil kollektiv bilan birga mashg'ulot o'tkazayotganimdan xursandman. Jamoadagilar meni iliq qarshi olishdi. Bu esa “Bunyodkor”ga tez moslashib ketishim uchun juda muhim.

- “Neftchi”ni tark etishingizga farg'onaliklar qanday qarashdi?
- 10 dekabr kuni “Neftchi” bilan tuzgan shartnomam muddati yakuniga etgan edi. SHunday bo'lsa-da, klub qarorgohiga borib, raxbariyatga va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildirdim. O'zimni kuchliroq jamoada sinab ko'rmoqchi ekanligimni tushintirib, do'stona xayyorlashdim. Muxlislar ham bu qarorimni qo'llab-quvvatlashadi, deb o'ylayman. O'zi hayot shunaqa – bir narsaga erishi uchun boshqasidan voz kechish kerak!

- “Bunyodkor”ga qanday maqsadlar uchun keldingiz?
- Mavsumoldi tayyorgarliklar paytida o'zimni ko'rsatishim va asosiy tarkibga kirishim kerak. Maqsadlarga kelsak, agar asosiy tarkibda o'ynab tursam, o'ylaymanki maqsadlarim ro'yobga chiqadi. CHunki “Bunyodkor” o'z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo'ygan.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика