SHuhrat Toshpo'latov : “Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman”
30 iyu 2019 10:03
Yangiliklar


SHuhrat Toshpo'latov : “Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman”
Superliga 13-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Surxon” uchrashuvidan so'ng "Nasaf" katta murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Avvalambor bugun jamoamizning muxlislarini ishonchli g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsam, bugungi raqibimiz ancha tajribali jamoa. Ularning tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar yig'ilgan.
SHunga qaramasdan bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorlangan edik va raqibimizga nisbatan yaxshirof o'yin ko'rsatdik. Yaratilgan vaziyatlardan 1-bo'limda unumli foydalana olmadik. Tanaffusdan so'ng bosh murabbiyimizning kursatmalarini futbolchilarimiz to'g'ri bajarishdi va kerakli natijaga erishildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar