So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

SHuhrat Toshpo'latov: "Endilikda qo'lga kiritiladigan har bir ochko oltinga teng bo'ladi" Yangiliklar

SHuhrat Toshpo'latov: "Endilikda qo'lga kiritiladigan har bir ochko oltinga teng bo'ladi"

Coca-Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan qoldirilgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Jamoada Ro'ziqul Berdievning o'rni baribir boshqacha. Biz murabbiylar shtabi o'yin davomida bosh murabbiy tomonidan tayyorlab qo'yilgan ko'rsatmalarni futbolchilarga etkazdik. Bugungi g'alabadan albatta xursandmiz.

Yigitlarga katta rahmat aytaman. Bugun yaxshi jamoaga qarshi o'yin o'tkazdik. "Qo'qon-1912" qarshi hujumda faol o'ynaydi va standartlardan unumli foydalanadi. Bugun ular bizga qattiq qarshilik ko'rsatganlariga qaramay yigitlar faollik evaziga g'alabani qo'lga kiritishdi va 3 ochko egasiga aylandik. Musobaqa jadvalida 2-o'rinni qo'lga kiritish uchun oxirigacha kurashamiz.

- "Surxon" bilan o'yinda yigitlarga ruhiy bosim tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Hisobda 2:0 hisobida oldinda borayotganingizda istaysizmi, yo'qmi xotirjamlikka berilasiz. Bazi vaziyatlarda konsentraciyani yo'qotib qo'ydik va yakunda 2 ta gol o'tkazib yubordik. Aytib o'tganimdek navbatdagi o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan xolda ikkinchi o'rin uchun jiddiy kurashamiz.

- Jizzaxda "So'g'diyona" bilan o'tadigan o'yin medallarni hal qiladi deb o'ylaysizmi?

- Endilikda har bir o'yinning qadri baland va qo'lga kiritiladigan ochko oltinga teng bo'ladi. Albatta Jizzaxda ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz. "So'g'diyona" bilan 2 marta o'ynadik va g'alabaga erishganmiz. Albatta bu o'yinda ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Doniyor Narzullaevning xolati qanday?

- Hozircha biron narsa deyish qiyin. Narzullaev tizzasidan jarohat oldi. Klub shifokorlari bilan gaplashib ko'rib so'ng uning xolatiga oydinlik kiritamiz.

- "Surxon" bilan o'yindan so'ng jamoani ruhan va jismonan tayyorlash qanday bo'ldi?

- Takror aytayapman, bu futbol. Unda kimdir mag'lub bo'ladi,durang o'ynaydi yoki g'alabaga erishadi. Har 4 kunda bir uchrashuv o'tkazayapmiz, shu sabab bugungi o'yinga yigitlarni ko'proq ruhan tayyorladik.

- Xusayin Norchaevning to'purarlik poygasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Norchaev gollar urmoqda, biz bundan xursandmiz. To'purarlik poygasida ham albatta omad tilaymiz.

- Sizningcha, joriy mavsumda Marko Stanoevichning o'yinida pasayish kuzatilmadimi?

- Marko professional futbolchi hisoblanadi. Uning o'yinida pasayish ko'rganim yo'q. Etibor qaratgan bo'lsangiz, u so'ngi 2 o'yinda 4 ta golli uzatma berdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика