So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

SHuhrat Sadirdinov: “G'ijduvon”da moliyaviy holat yaxshi, qarzdorlik yo'q” Yangiliklar

SHuhrat Sadirdinov: “G'ijduvon”da moliyaviy holat yaxshi, qarzdorlik yo'q”

B PRO-Liga 12-turidan o'rin olgan “G'ijduvon” - “Orol” (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar sardori SHuhrat Sadirdinov saytimizga intervyu berdi.

“Avvalambor uchrashuv haqida to'xtaladigan bo'lsam, o'yin qiyin bo'lgani yo'q. “Orol” jamoasini kuchli ekanligini bilardik, shu sabab uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiyimiz Asqar Umarov qo'l ostida uchrashuvlarga turlicha taktik sxema bilan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bugun ham murabbiyimizlarimizning o'yinga tayyorlagan rejasi ish berib, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz.

“Orol" jamoasi haqida to'xtaladgan bo'lsam, bu jamoaning “Yangier” jamoasi bilan o'tkazgan o'yinlarini kuzatib, kuchli jamoa ekanligiga guvoh bo'lgan edik. Jamoamiz tarkibida yo'qotishlar mavjud bo'lsa ham, bugungi uchravuvda g'alaba qozonishni uddaladik.

“G'ijduvon" jamoasiga joriy mavsumda rahbariyat tomonidan B PRO-Ligada g'oliblik uchun kurashib, mavsum yakunida A PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.
Jamoamizda moliyaviy holat yaxshi, qarzdorlik yo'q. O'z navbatida bizga yaratib berilayotgan sharoit uchun jamoamiz boshlig'i Mamur Otaqulovga jamoamiz futbolchilari nomidan minatdorchilik bildiraman. Nasib bo'lsa jamoamizni kelajakda Superligaga olib chiqmoqchimiz”, - deydi SHuhrat Sadirdinov.


Bekzod Tolibov yozib oldi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика