So’nggi yangiliklar

18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  4 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  6 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  3 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1

SHuhrat Po'latov: "Tezlik borasida oqsayapmiz" Yangiliklar

SHuhrat Po'latov: "Tezlik borasida oqsayapmiz"

Futzal bo'yicha o'zbekistonlik FIFA referisi SHuhrat Po'latov 2-3 oktyabr kunlari Qozog'istonning Almati shahri mezbonlik qilgan World Futsal Supercup-2014, yani futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi jahon superkubogi o'yinlarini boshqarib qaytgani haqida xabar bergan edik.
Malumot o'rnida aytish joiz, mazkur musobaqada to'rtta qitaning eng kuchli jamoalari - CHonburi Bluveyv (Osiyo chempioni), Intelli Orlandia (Janubiy Amerika chempioni), Qayrat (Evropa chempioni) hamda Dinamo (Qitalararo Kubok sohibi) klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqa bosh sovrini uchun bahs olib borishdi. Biz SHuhrat Po'latov Qozog'iston safaridan qaytib kelgach, mamlakatimizdagi yagona FIFA futzal referisidan intervyu oldik.

- SHuxrat aka, klublar o'rtasidagi Jahon Superkubogiga qachon taklif olgandingiz?
- Superkubok bahslariga musobaqa o'tkazilishidan roppa-rosa ikki hafta oldin taklif tushgandi. Ochig'i, bundan juda ham xursand bo'ldim. Nufuzi jihatidan jahon chempionatidan keyin turadigan klublar o'rtasidagi musobaqaga borish har bir hakamning orzusi hisoblanadi.



- Tashkilotchilik qanday bo'ldi?
- Nufuzli musobaqa bo'lgani uchun mezbonlar uni yuqori saviyada o'tkazishga astoydil tayyorgarlik ko'rganliklari shundoqqina ko'zga tashlandi. Barcha ishtirokchilar - hakamlar, futzalchilar, musobaqani yoritish uchun kelgan OAV hodimlariga barcha sharoitlar muhayyo qilindi.

- Ishtirokchi jamoalarning saviyasi haqida nima deya olasiz?
- O'z qitalarining eng kuchli jamoalari o'ynashganidan keyin klublarning saviyasi ham shunga monand bo'lishi aniq. Qayrat Evropa chempioni, Tailandning CHonburisi Osiyo chempioni, Intelli Janubiy Amerika chempioni, Dinamo esa ushbu musobaqaning amaldagi chempioni edi.

- Qitalar o'rtasidagi farqni sezdingizmi? Klublarda o'yin uslubi yoki taktika bo'yicha farq bormi?
- Albatta, ozgina farqli jihatlari sezildi. Dinamo va Qayrat jamoalari braziliyalik legioner futzalchilardan tashkil topgan. Janubiy Amerika chempioni ham aynan Braziliya klubi edi. Braziliya futzal bo'yicha jahon chempioni. Braziliya terma jamoasining 70-80 foiz o'yinchilari shu turnirda ishtirok etishdi. SHundan kelib chiqqan holda musobaqaning qanchalik nufuzli va juda ham keskin kurashlar ostida o'tganligini bilish mumkin.

Ayniqsa, final uchrashuv juda ham kuchli va yuqori tempda bo'lib o'tdi. To'g'risini aytsam, eng og'ir, eng tez, va eng zo'r o'yinni ham aynan shu finalda o'tkazdim. CHunki, Qayrat va Dinamo nafaqat Evropaning, balki dunyoning ham eng kuchli futzal klublari xisoblanadi. Final o'z nomiga yarasha bo'lib o'tdi. Ikkala klub ham bugungi kunda kuchli ekanligini isbotlashga urindi. Yakunda omad Qayrat jamoasiga kulib boqdi. Mezbonlar hal qiluvchi finalda 3:2 hisobida g'alaba kozonishdi.

- Sizdan tashqari, yana qaysi davlatdan hakamlar taklif etilgandi?
- Qirg'izistondan Nurdin Bukuev, chexiyadan Karl Xeynik, qozog'istonlik Talgat hamda men Jahon Superkubogi o'yinlarida hakamlik qildik. Musobaqa boshlanishidan avval hakamlar uchun seminar o'tkazildi.

- Mana shu Jahon Superkubogida qatnashgan jamoalarni bizning klublar bilan taqqoslaganda, qaysi jihatlarda ortda qolyapmiz?
- Birinchi navbatda tezlik borasida. Almatida bo'lib o'tgan o'yinlarning barchasi tezlikka qurilgan. O'ylab o'tirishga vaqt yo'q. To'p uzatilishida soniyalar rol o'ynaydi.

- Sizningcha, tezlikni oshirish uchun mashg'ulotda nimalarga etibor berish kerak? Futzalni ichida yurgan mutaxassis sifatida bu borada nima deya olasiz?
- Menimcha, yoshlarga ko'prok etibor berish kerak. Mashg'ulotlarda ko'prok shu tezlikka asoslangan mashqlarni yo'lga qo'yish kerak. Ayni paytda Toshkentning Ardus hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yo'nalishda ketmoqda. Jamoaga futalchilarni taklif etishda ham o'sha o'yinchining tezligiga birinchi navbatda ahamit berilyapti. Juda ham yosh va tezkor o'yinchilarni jalb etishmokda. Boshqa klublarda ham shu narsani ommalashtirish kerak.



- Bizda yosh futzal hakamlarini tayyorlashga qanchalik etibor qaratilmoqda?
- Muammolar borligi rost. Futzalda nafaqat hakamlar, balki boshqa mutaxassislar ham ko'p emas. Boshqa tomondan biz ham qisqa fursat ichida FIFA hakami bo'lib qolmaganmiz. Bunga bir necha yillar kerak bo'lgan. FIFA hakami bo'lish uchun ingliz tilini bilish, o'z mamlakatining oliy ligasida kamida ikki yil hakamlik qilgan, yoshi 25 dan katta bo'lishi kabi bir qancha talablari bor. Bizda Sergey Petrov, Iskandar Zoitov, Umid Po'latov kabi istedodli hakamlar bor. Aslida FIFA har yili kamida 3-4 ta nomzod berishimizni so'raydi, lekin uning talablariga to'g'ri keladigan hakamlarimiz ko'p emas. FIFAda hakamlikni boshlash uchun 25-35 yosh oralig'ida bo'lish lozim, 45 yoshda esa tugatishadi. O'zbekiston chempionatida esa 48 yoshgacha hakamlik qilish mumkin.

- Endigi rejalar qanday?
- O'zimizning ichki miliy chempionatimiz o'tkazilishi kerak. O'zbekiston chempionatiga 20 oktyabr kunidan start beriladi. Poytaxtimizdagi O'zbekiston sport majmoasida 20-27 oktyabr kunlari birinchi bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi. Malumki, o'tgan hafta ananaviy Associaciya Kubogini o'tkazdik. Uning finalida Ardus klubi hamshahri Paxtakor jamoasidan yirik 4:0 hisobida ustun keldi. Bu yil chempionatda yangi klublar bor. Masalan, Olmaliq jamoasi tashkil etildi. Tarkibiga kuchli futzalchilar taklif etilyapti. Tajribali Aleksandr Petrov bosh murabbiy. O'ylaymanki, bu yilgi chempionatimiz yanada qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика