SHuhrat Muhammadiev terma jamoa yig'inini o'tkazib yuboradi
14 iyu 2015 14:20
Yangiliklar


SHuhrat Muhammadiev terma jamoa yig'inini o'tkazib yuboradi
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Nasaf" klubi himoyachisi SHuhrat Muhammadiev jarohati tufayli uch haftani maydondan tashqarida o'tkazib yuboradi.
O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan SHuhrat Muhammadiev jarohati bois 19 iyulda boshlanadigan yig'inda ishtirok etolmaydi.
SHifokorlar futbolchiga 3-4 haftani maydondan tashqarida o'tkazishi kerakligini takidlashgan.
Eslatib o'tamiz, SHuhrat Muhammadiev O'zbekiston kubogi chorak finalining dastlabki bahsi "Paxtakor-2"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi.
SHuhrat Muhammadievning jarohati kutilganidan biroz jiddiy bo'lib chiqdi.

Fikrlar